Suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligida zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini joriy etish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi va tabiiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojning ortib borayotgani mavjud suv zaxiralaridan samarali foydalanishni taqozo etmoqda.
Shu maqsadda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Oltinko‘l tuman Kengashi tomonidan tumandagi "Baxt Imkon Rivoj Chorvasi" fermer xo‘jaligiga qarashli ozuqa ekinlari uchun ajratilgan yer maydonida jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida fermer xo‘jaligida ekinlarni sug‘orishda suv resurslaridan foydalanish holati, sug‘orish tarmoqlarining texnik holati hamda suvni tejovchi texnologiyalarni qo‘llash darajasi o‘rganildi. Mutaxassislar va jamoatchilik vakillari tomonidan yer maydonlarida suvdan oqilona foydalanish, suv isrofiga yo‘l qo‘ymaslik hamda sug‘orish jarayonlarini samarali tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Nazorat jarayonida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida suvni tejash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini saqlash va ekologik muvozanatni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish nafaqat suv sarfini kamaytirishi, balki hosildorlikni oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va tabiiy resurslarni asrashga ham xizmat qilishi ta’kidlandi.
Jamoatchilik nazorati davomida fermer xo‘jaligi mas’ullariga suv resurslarini asrash, sug‘orish tizimlarini muntazam texnik nazoratdan o‘tkazish, suvni tejovchi texnologiyalarni yanada keng qo‘llash hamda amaldagi ekologik me’yor va talablarga qat’iy rioya etish yuzasidan tavsiyalar berildi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida ekologik yondashuvlarni keng tatbiq etish, suvdan foydalanish madaniyatini oshirish va tabiiy boyliklarni kelajak avlodlar uchun asrab-avaylash har bir yer egasining muhim vazifasi ekani alohida qayd etildi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan bunday jamoatchilik nazorati tadbirlari ekologik qonunchilik ijrosini ta’minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanishni rag‘batlantirish, qishloq xo‘jaligida ekologik xavfsizlikni mustahkamlash hamda fuqarolarning ekologik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik barqaror rivojlanishni ta’minlash yo‘lidagi bunday amaliy tadbirlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.
Muhammadrasul Mamatqulov,
o'z muxbirimiz.
