Qo‘rg‘ontepa tumani hududida ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘rg‘ontepa tuman Kengashi tomonidan tashkil etildi. Tadbir tuman Kengashi raisi I. Dadaboyev boshchiligida o‘tkazilib, unda faollar va mahalla vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida partiyaning ekologik g‘oyalari, hududda ekologik muammolarning oldini olish va tabiatni asrab-avaylash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, yoshlarni tabiatga mehr ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda ona tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, yashil hududlarni asrash va ko‘paytirish, chiqindilarni belgilangan tartibda to‘g‘ri utilizatsiya qilish hamda ularni o‘z vaqtida olib chiqish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, toza ichimlik suvidan oqilona va tejamkor foydalanish, keraksiz isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ham tushuntirishlar berildi.

Ishtirokchilar bilan o‘tkazilgan muloqot davomida hududdagi ekologik holatni yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish hamda fuqarolarni bu jarayonlarga keng jalb etish yuzasidan fikr almashildi. Aholi vakillari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan ekologik targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish, aholi o‘rtasida doimiy tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borish hamda hududda barqaror ekologik muhitni ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
Ikromjon Dadaboyev,
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo'rg'ontepa tuman Kengashi raisi
