Ish vaqti: Dushanba - Juma 
Soat: 08:00-17:00

Tabiat go‘zalligini his etish va uni qog‘ozga tushira olish — bu rassomning qalbi, nozik didi va yuksak mahorati bilan chambarchas bog‘liq jarayondir.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyat Kengashi tashabbusi bilan Andijon davlat pedagogika institutida “Ko‘ngil ekologiyasi” mavzusida ijodiy rasmlar tanlovi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Andijon viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilib, yoshlarning ekologik tafakkurini rivojlantirish, ularning atrof-muhitga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish hamda san’at orqali ekologik g‘oyalarni keng targ‘ib etishga xizmat qildi.

Tanlov davomida iqtidorli yoshlar o‘z ijodiy ishlari orqali tabiatni asrash, ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslik, inson va tabiat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni chuqur badiiy ifoda etdilar. Har bir asarda muallifning ichki kechinmalari, tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbati va ekologik qarashlari o‘z aksini topdi.

Rasmlarda milliy ruh va betakror tabiat manzaralari uyg‘unlashib, ekologik g‘oyalar bilan bir qatorda milliy qadriyatlarga hurmat va ehtirom ham yorqin namoyon bo‘ldi. Har bir ijodiy ish o‘ziga xos yondashuv, teran fikr va badiiy did bilan ajralib turdi.

Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning ishlari badiiy mahorat, mazmunan boylik va g‘oyaviy teranlik mezonlari asosida baholanib, eng munosib ishtirokchilar O‘zbekiston Ekologik partiyasining sertifikatlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mazkur tanlov yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiatga mehr va e’tiborni kuchaytirish, shuningdek, ekologik ongni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Muhammadrasul Mamatqulov,

Buxoro davlat unversiteti talabasi

Scroll to Top