Ish vaqti: Dushanba - Juma 
Soat: 08:00-17:00

Mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida keng nishonlanib, hududlarda yoshlar bilan ochiq va samimiy uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.

Ana shunday uchrashuvlardan biri bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyat Kengashi hamda partiyaning Bo‘ston tuman Kengashi hamkorligida 48-maktabda o‘tkazildi.

Tadbir davomida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning ta’lim sifati, bandlik masalalari, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy faolligini oshirishga oid masalalar keng muhokama qilindi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etdilar.

Uchrashuvda ayniqsa ekologiya yo‘nalishidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlar tomonidan atrof-muhitni asrash, chiqindilarni saralash va tartibli boshqarish tizimini rivojlantirish, yashil hududlarni kengaytirish, daraxt ekish tadbirlarini ko‘paytirish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish yuzasidan qator dolzarb takliflar ilgari surildi.

Shuningdek, yoshlarga ekologik va siyosiy bilimlarini oshirish, atrof-muhitga daxldorlik hissini kuchaytirish maqsadida “Oila va tabiat” gazetasini muntazam mutolaa qilish tavsiya etildi.

Bildirilgan barcha taklif va tashabbuslar mas’ullar tomonidan e’tibor bilan tinglanib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ekologik loyihalarni kengaytirish hamda ekologik tarbiyani kuchaytirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.

Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, ularning ovozini eshitish hamda tashabbus va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Eng muhimi, bu kabi uchrashuvlar yoshlar qalbida tabiatga mehr, ekologik mas’uliyat va jamiyat hayotiga daxldorlik hissini yanada kuchaytirmoqda.

Zulfiya Hakimova,
Buxoro davlat unversiteti talabasi

Scroll to Top