O‘zbekiston Ekologik partiyasi Oltinko‘l tuman Kengashi hamda Xalq deputatlari Oltinko‘l tumani Kengashining 10-saylov okrugidan saylangan deputat Raimjonov Xudoyberdi Habibullaevich tomonidan “Maslahat” oilaviy shifokorlik punkti (OShP)da jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida tibbiyot muassasasida yaratilgan sharoitlar, bemorlarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati, murojaatchilar bilan ishlash madaniyati hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish tezligi atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, muassasa faoliyatining amaldagi me’yoriy talablarga mosligi ham ko‘zdan kechirildi.

Jarayon mobaynida bemorlar va tibbiyot xodimlarining fikr-mulohazalari tinglanib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan takliflar o‘rganildi. Tibbiyot muassasasida xizmat sifatini yanada oshirish, fuqarolarga qulay sharoitlar yaratish hamda tibbiy madaniyatni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan tibbiyot xodimlari faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilishi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida jamoatchilik nazoratini tizimli davom ettirish, sog‘liqni saqlash muassasalarida shaffoflik va samaradorlikni kuchaytirish muhimligi alohida qayd etildi.
Iqboljon Burxonov,
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Oltinko‘l tuman Kengashi raisi
