Ish vaqti: Dushanba - Juma 
Soat: 08:00-17:00

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik barqarorlikni ta’minlash nafaqat davlat idoralari, balki butun jamiyat oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Bu borada aholining ekologik bilim va madaniyatini yuksaltirish, fuqarolik mas’uliyatini kuchaytirish hamda jamoatchilikning ekologik jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish alohida ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Andijon shahar Kengashi tomonidan Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi Andijon viloyat bo‘limida ekologik yo‘nalishdagi davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbir partiyaning g‘oyalari, ustuvor yo‘nalishlari, dasturiy maqsad va vazifalarini keng jamoatchilikka yetkazish, ekologik muammolarga nisbatan fuqarolarning e’tiborini kuchaytirish hamda tabiatni muhofaza qilish borasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratildi.

Davra suhbatida ekologik muammolarni hal etishda jamoatchilikning faol ishtirokini ta’minlash, atrof-muhitni asrash, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Tadbir davomida ekologik muammolarning oldini olish faqat tegishli tashkilotlarning vazifasi emasligi, bu jarayonda har bir fuqaroning mas’uliyati va faol pozitsiyasi muhim ekani alohida ta’kidlandi. Zero, tabiatga ehtiyotkorona munosabat kundalik hayotimizdagi oddiy odatlardan — suv va energiyani tejash, chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish, yashil hududlarni asrash va atrofni ozoda saqlashdan boshlanadi.

Shuningdek, ishtirokchilarga O‘zbekiston Ekologik partiyasining mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish hamda “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslari haqida batafsil ma’lumot berildi.

“Yashil” iqtisodiyotga o‘tish, energiya va resurslardan samarali foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash tizimini takomillashtirish kabi yo‘nalishlar ekologik barqaror kelajakni ta’minlashda muhim omil sifatida qayd etildi.

Muloqot jarayonida ekologik ta’lim va targ‘ibotning ahamiyati ham alohida muhokama qilindi. Ayniqsa, yoshlar orasida tabiatga mehr, ekologik mas’uliyat va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish orqali jamiyatda ekologik madaniyatni yanada yuksaltirish mumkinligi ta’kidlandi.

Davra suhbati ishtirokchilari ekologik masalalar bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirib, hududda sog‘lom ekologik muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

Tadbir yakunida ekologik madaniyatni yuksaltirish, aholining tabiatga mas’uliyatli munosabatini shakllantirish va ekologik muammolarni hal etishda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish borasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan tashkil etilayotgan bunday ma’rifiy tadbirlar ekologik g‘oyalarni keng targ‘ib etish, aholining ekologik bilimlarini oshirish va jamiyatda tabiatga nisbatan mas’uliyatli munosabatni qaror toptirishga xizmat qiladi.

Bugungi ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslik, ularni bartaraf etishda o‘z hissamizni qo‘shish va kelajak avlod uchun sog‘lom atrof-muhitni saqlab qolish barchamizning umumiy vazifamizdir.

Zero, ekologik barqarorlik — sog‘lom hayot, farovon jamiyat va munosib kelajakning muhim garovidir.

B.Sotvoldiyev,
O‘zbekiston Ekologik partiyasi
Andijon shahar Kengashi raisi.

Scroll to Top