Jamiyatda mehr-oqibat, saxovatpeshalik va insonparvarlik kabi ezgu fazilatlarni qaror toptirish, ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj fuqarolarning holidan xabar olish xalqimizga xos qadriyatlarning yorqin ifodasidir. Ayniqsa, inson qadrini ulug‘lash, aholi bilan bevosita muloqot qilish va ularning muammolariga e’tibor qaratish ezgu tashabbuslarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Shu maqsadda tumanda o‘tkazilayotgan “Mehr-saxovat oyligi” doirasida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyati Kengashi raisi X. Yusupov hamda partiyaning Bo‘ston tumani Kengashi raisi A. Jo‘rayev tomonidan Yangiobod MFY hududida istiqomat qiluvchi Azimov Yigitali va Rahimberdiyeva Ominaxon xonadonlaridan xabar olindi.
Tashrif davomida xonadonlarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishilib, fuqarolar bilan samimiy va ochiq muloqot o‘tkazildi. Suhbat davomida ularning kundalik hayoti, o‘y-tashvishlari, fikr va takliflari tinglanib, mavjud masalalarga e’tibor qaratildi.
Bunday tashriflarning asosiy maqsadi fuqarolarning holidan xabar olish, ularni qo‘llab-quvvatlash, ehtiyoj va muammolarini o‘rganish bilan bir qatorda, jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashdan iboratdir. Zero, insonning ko‘ngliga yo‘l topish, uning dardini tinglash va imkon qadar ko‘mak berish xalqimizning azaliy qadriyatlaridandir.
Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolarga O‘zbekiston Ekologik partiyasining ustuvor dasturiy maqsad va vazifalari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Partiyaning atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholi salomatligini asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish borasidagi faoliyati yuzasidan fikr almashildi.
Suhbatlarda inson salomatligi va atrof-muhit o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, toza va obod hududlarning aholi farovonligidagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Fuqarolarni yashash hududlarini ozoda saqlash, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish va ekologik tashabbuslarda faol ishtirok etishga chaqirildi.
“Mehr-saxovat oyligi” doirasidagi bunday ezgu tashabbuslar aholining turli qatlamlari bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish, inson qadrini ulug‘lash va jamiyatda mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Darhaqiqat, saxovat faqat moddiy ko‘mak bilan emas, balki insonning holidan xabar olish, uni tinglash, muammosiga befarq bo‘lmaslik va yaxshi so‘z bilan qo‘llab-quvvatlashda ham namoyon bo‘ladi. Ana shunday ezgu amallar jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Bo'ston tuman Kengashi rais Azamatjon Jo'rayev.
