Atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, hududlarda ekologik va sanitariya holatini yaxshilash, chiqindilarning belgilanmagan joylarga tashlanishining oldini olish borasida jamoatchilik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
Shu maqsadda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Asaka tuman Kengashi tomonidan tuman Ekologiya bo‘limi hamkorligida Asaka tumanidagi G‘. Yoqubov ko‘chasida navbatdagi ekoreyd tadbiri o‘tkazildi.
Ekoreyd davomida yo‘l bo‘ylarining sanitariya va ekologik holati o‘rganilib, hududlarda chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan fuqarolar va mas’ullarga chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamaslik, mavjud chiqindilarni belgilangan tartibda olib chiqib ketish hamda hududlarni doimo ozoda saqlash yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida aholiga atrof-muhitni muhofaza qilish, jamoat joylarida tozalikni saqlash, chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish va ekologik madaniyat qoidalariga rioya etishning ahamiyati tushuntirildi. Zero, chiqindilarni o‘z vaqtida va belgilangan tartibda olib chiqish nafaqat hududlarning ko‘rkamligini ta’minlaydi, balki inson salomatligi va ekologik barqarorlikni asrashda ham muhim omil hisoblanadi.
Ekoreyd davomida yo‘l bo‘ylarida ekologik tozalikni ta’minlash, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash holatlarining oldini olish va aholining tabiatga nisbatan mas’uliyatli munosabatini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday tadbirlarning muntazam tashkil etilishi hududlarda ekologik nazoratni kuchaytirish, fuqarolarning ekologik madaniyatini yuksaltirish va toza atrof-muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.
Toza hudud — sog‘lom muhit va farovon hayot garovidir!
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Asaka tuman Kengashi raisi Sarvarbek To'xtasinov.
