Ish vaqti: Dushanba - Juma 
Soat: 08:00-17:00

Atrof-muhitni asrash, hududlarni obodonlashtirish va ekologik madaniyatni yuksaltirish borasidagi ezgu tashabbuslar yurtimizning barcha hududlarida izchil davom etmoqda. «Dolzarb 40 kunlik» doirasida Qo‘rg‘ontepa tumanida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur tadbirlar O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘rg‘ontepa tuman Kengashi raisi I. Dadaboyev tashabbusi bilan tashkil etilib, tuman markaziy ko‘chalarining sanitariya holatini yaxshilash va hududlarni yanada obod qilishga qaratilgan.

Obodonlashtirish ishlari davomida markaziy ko‘chalardagi beton ariqlar tozalanib, tartibga keltirilmoqda. Shuningdek, to‘planib qolgan chiqindilar olib chiqilmoqda, ayrim beton to‘siqlar tartibga solinib, yo‘l va ko‘cha atroflaridagi begona o‘tlar tozalanmoqda.

Tadbir jarayonida hududlarning nafaqat tashqi ko‘rinishiga, balki sanitariya va ekologik holatiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Toza va ozoda muhitni ta’minlash orqali aholi salomatligini asrash, ekologik barqarorlikni mustahkamlash hamda fuqarolarda tabiatga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirish ko‘zda tutilmoqda.

Darhaqiqat, obodonlashtirish — faqat hududni tozalash emas, balki yashash muhitini yaxshilash, atrof-muhitga e’tiborli bo‘lish va jamoatchilikni ezgu ishlarga safarbar etishning muhim ko‘rinishidir.

Qo‘rg‘ontepa tumanida amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik ishlari hududlarning yanada toza, obod va ko‘rkam qiyofa kasb etishiga, aholi hamda tuman mehmonlari uchun qulay va fayzli muhit yaratilishiga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘rg‘ontepa tuman Kengashi raisi I. Dadaboyev.

Scroll to Top