O‘zbek adabiyoti tarixida o‘zining betakror ijodi, samimiy she’rlari va jasoratli fikrlari bilan o‘chmas iz qoldirgan ijodkorlar ko‘p. Ana shunday ulug‘ siymolardan biri — Halima Xudoyberdiyevadir.
Halima Xudoyberdiyeva nafaqat iste’dodli shoira, balki o‘zbek ayolining qalbi, orzu-armonlari, sabr va matonatini she’riyat orqali xalq qalbiga olib kirgan ijodkor sifatida qadrlanadi. Uning she’rlari samimiyligi, hayotiyligi va chuqur ma’nosi bilan kitobxonni o‘ziga rom etadi.
Shoira ijodida Vatanga muhabbat, ona siymosi, ayol qalbi, insoniylik va ezgulik kabi mavzular alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, ona haqidagi she’rlari yuraklarga iliqlik baxsh etadi. Chunki Halima Xudoyberdiyeva ijodida ayol obrazi oddiy tasvir emas, balki matonat va mehr timsoli sifatida gavdalanadi.
Uning she’rlarini o‘qigan inson qalbida hayotga, insonlarga va Vatanga bo‘lgan muhabbat yanada ortadi. Shoira so‘z orqali inson ruhiyatini nozik his qila olgan ijodkorlardan edi. Shu sababli ham uning ijodi bugungi kunda ham o‘z qadrini yo‘qotgani yo‘q.
Halima Xudoyberdiyeva adabiyotga yangi ruh, yangi ohang olib kirgan ijodkorlardan biri hisoblanadi. Uning satrlarida nafaqat nazm, balki xalqning dardi, quvonchi va orzu-intilishlari mujassam. Shoira ijodi yosh avlod uchun ham katta ma’naviy maktab vazifasini o‘taydi.
Bugungi kunda ham uning she’rlari turli davralarda sevib mutolaa qilinadi, maktab va oliy ta’lim muassasalarida o‘rganiladi. Chunki haqiqiy ijod hech qachon eskirmaydi. Halima Xudoyberdiyeva nomi ham o‘zbek she’riyati osmonida porlab turuvchi yorqin yulduzlardan biri bo‘lib qolaveradi.
Hamidova Ohista,
Buxoro davlat unversiteti talabasi
