Ish vaqti: Dushanba - Juma 
Soat: 08:00-17:00

Oliy Majlis Senati a’zosi bo‘lmish bir qadrdonim bilan Toshkent ko‘chalarida yuzma-yuz suhbatdan keyingi xulosalarim

(Bugunning she’ri)

Kundan kunga gullar bizning jamiyat,

Bu – quvonchdir, bu – nomusu hamiyat,

Sokin dilda qo‘zg‘aladi bir niyat:

Imon, insof aslo so‘nmas cho‘g‘ bo‘lsin,

Korrupsiya yo‘q bo‘lsin,

Elning ko‘ngli to‘q bo‘lsin!

To‘g‘ri, uy bor, ro‘zg‘or borki, kami bor,

Mutasaddi insonlarning g‘ami bor,

Zulmat ham bor, yorug‘lik bor, shami bor,

Sham shu’lasi – ya’ni nur bir tug‘ bo‘lsin,

Korrupsiya yo‘q bo‘lsin,

Elning ko‘ngli to‘q bo‘lsin!

Qaydan keldi «oldi-berdi», bu illat,

Tanlamaydi, chamasi u irq, millat,

Kurashaylik, illatga biz hamjihat,

Diyonat har umr uchun ko‘rk bo‘lsin,

Korrupsiya yo‘q bo‘lsin,

Elning ko‘ngli to‘q bo‘lsin!

Eshitganda poraning shum nomini,

Bilamiz-ku, qing‘ir ish davomini,

Qonun oxir aytar haq kalomini,

Qaddimiz tik, yuzimiz yorug‘ bo‘lsin,

Korrupsiya yo‘q bo‘lsin,

Elning ko‘ngli to‘q bo‘lsin!

Ko‘p vektorli siyosatda maqsad shu –

Urug‘-aymoq, pora hayotda og‘u,

Oqillarga vaqt ko‘rsatmoqda-ku,

Oqillarning tayanchi huquq bo‘lsin,

Korrupsiya yo‘q bo‘lsin,

Elning ko‘ngli to‘q bo‘lsin!

Bir so‘m bermang, bir so‘m olmang – shior shu,

Halollik – baxt, asl avju baror shu,

Oliy Majlis mashvaratda qaror shu:

Tiluqmasga pushaymon bir o‘q bo‘lsin,

Korrupsiya yo‘q bo‘lsin,

Elning ko‘ngli to‘q bo‘lsin!

Halol o‘tdi diyonatli bobolar,

Adolatxon ena yanglig‘ momolar,

Qo‘llarida or-nomusi – asolar,

Vorislar ajdodlardek buyuk bo‘lsin,

Korrupsiya yo‘q bo‘lsin,

Elning ko‘ngli to‘q bo‘lsin!

Qonuniy davlatdir hur O‘zbekiston,

Yangi qadam, yangi tarix, yangi shon,

O‘zligini qilmoqdadir namoyon,

Har kunmas, har on marra, yutuq bo‘lsin,

Korrupsiya yo‘q bo‘lsin,

Elning ko‘ngli to‘q bo‘lsin!

Suvlar oqar, suvlar oqar yangidan,

Dil hayqirar, saodat jarangidan,

Kuy bastalab, poklikning ohangidan,

Pokdomonlar sohibi dovruq bo‘lsin,

Korrupsiya yo‘q bo‘lsin,

Elning ko‘ngli to‘q bo‘lsin!

Muharririm, menga quloq osgaysiz,

Bu baytimni tez orada bosgaysiz,

Ikromjonning dilrozini yozgaysiz,

Bir dilrozkim, dilnavoz, suyuk bo‘lsin:

Korrupsiya yo‘q bo‘lsin,

Elning ko‘ngli to‘q bo‘lsin!

Elning ko‘ngli to‘q bo‘lsin,

Korrupsiya yo‘q yo‘q bo‘lsin,

Korrupsiya yo‘q bo‘lsin,

Elning ko‘ngli to‘q bo‘lsin!

Ikromjon ASLIY-ANDIJONIY,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

2025-yil, 10-sentyabr, chorshanba.

YANGI DAVRDA OCHIQLIK SIYOSATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni imzolandi.

Farmonga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning 2025-yil 5-martda o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati va amaliy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashishda parlamentning rolini tubdan oshirish maqsadida Oliy Majlis palatalariga quyidagilar tavsiya etildi:

har yili byudjetdan eng ko‘p mablag‘ oladigan uchta vazirlik va idorada korrupsiyaviy omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish;

vazir va hokimlar lavozimiga nomzodlar tegishlicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlarida ko‘rib chiqilayotganda ular tomonidan korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq reja himoya qilinishiga oid tartibni qonun hujjatlarida belgilash;

xalqaro tajribani o‘rganib, kibermakonda korrupsiyaga qarshi samarali kurashish bo‘yicha mustahkam huquqiy baza yaratish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;

ishchi guruh tuzib “jinoyatchilikka qarshi kurashish haftaligi”da har oyning 1–5 sanalarida “qizil” toifadagi mahallalarda jinoyatlarning kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilish;

hududiy prokurorlar va ichki ishlar organlari boshliqlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish hamda xalqchil tashabbuslar asosida qonunlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Farmonga ko‘ra, Iqtisodiyotda korrupsiyaviy omillarning oldini olish maqsadida:

davlat xaridlarida sotib olinadigan tovar va xizmatlar narxi hamda uning o‘rtacha bozor narxi o‘rtasidagi tafovutning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan chegarasidan chetga chiqqan holda xaridlarni amalga oshirgan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi;

2025-yilning 1-iyulidan yirik investitsiya loyihalarida korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlar hamda yirik auksion shartlarini raqobatbardoshlik ekspertizasidan o‘tkazish tartibi joriy etiladi;

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi qamrovi yanada oshirilib, bosqichma-bosqich xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi loyihalarga joriy qilinadi.

 2025-yil yakunicha:

xalqaro tender obyektlari bo‘yicha subpudratchilar “Shaffof qurilish” tizimi orqali jalb qilinadi;

qiymati 2 mln AQSH dollarigacha bo‘lgan xalqaro moliya tashkilotlar hisobidan moliyalashtiriladigan mahalliy tenderlar “Shaffof qurilish” tizimida o‘tkaziladi;

xalqaro tenderlar bo‘yicha jalb qilingan chet el pudrat tashkilotlari shartnoma qiymatining kamida 60 foizini o‘z kuchi bilan bajarish tartibi joriy etiladi.

2026-yil 1-yanvargacha vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar tomonidan ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlarini tuman (shahar) kesimida aholining o‘zi baholaydigan tizim joriy etiladi.

Bunda aholi tomonidan “qoniqarsiz” deb baholangan vazirlik, idora rahbarlari hamda tuman (shahar) hokimlari shaxsiy javobgarligi belgilanadi.

Sun’iy intellekt asosida aholining kundalik hayotida uchraydigan savollariga mobil telefon orqali sodda va qulay shaklda javob olish imkoniyatini beradigan onlayn platforma ishga tushiriladi.

Umidbek Xakimov,

Andijon viloyat Adliya boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i.

Korrupsiyaga qarshi barcha birdek kurashishi zarur!

Bugungi kunda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurash ayniqsa, maishiy korrupsiyaga qarshi kurash va uni oldini olish borasida davlatimiz rahbari boshchiligida keskin choralar ko‘rib borilmoqda.

Maishiy korrupsiya bugungi kunda nafaqat davlat idoralari balki eng oddiy insonlarni munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan xavfli illatga aylanib bormoqda.

Eng achinarlisi, bu illat fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini yemiradi, adolatni zaiflashtiradi, islohotlarni tomir otishiga jiddiy to‘siq bo‘ladi.

Dunyoning 160 ortiq davlatlarida mana shu illatga qarshi kurash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, hali-hamon korrupsion holatlarni tag-tomiri bilan yo‘q qilinmaganligi achinarli hol albatta.

Bugungi kunda Respublikamizda ham maishiy korrupsiya qarshi kurashish borasida keskin choralar ko‘rilib, kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz shaxsan o‘zi hisobdorlik va ochiq muloqotni joriy etilishini nazorat qilib bormoqda.

Bu borada 2021-2025-yillar mo‘ljallangan milliy strategiya, prokurorlik nazorati vakolatlarini kengaytirish to‘g‘risidagi Prezident farmoni, davlat xizmatchilarining daromadini va mol-mulkini deklaratsiyalash  Qonuni korrupsiyaga qarshi kurashda asosiy vositaga aylandi.

Kadastr nazorat platformasida Yer nazorat platformasi ishga tushirilishi natijasida geolokatsiya, raqamli nazorat kuchaytirilishi natijasida, noqonuniy egallangan yer maydonlarini davlat egaligiga qaytarilishi ta’minlanmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish qonunlar bilan emas balki jamiyat bilan birga olib borilishi lozim.

Bu borada prokuratura organlariga salmoqli ishlar amalga oshirilib fuqarolar bilan aloqalar yo‘lga qo‘yilgan

Xususan, shahar prokuraturasiga ishonch telefon va mobil ilova orqali 278 ta fuqarolarning murojaatlari qabul qilingan va har bir murojaat e’tiborda va tahlilda.

O‘tgan  2024-yildan buyon korrupsiyaga qarshi kurashishga katta e’tibor qaratilishi bu yillarda korrupsiya qarshi kurashish  borasida ko‘plab reyd tadbirlar o‘tkazilishiga sabab bo‘ldi.

Xususan, o‘tkazilgan tadbirlar natijasida o‘tgan 2024-yilda 30 ta holatda  joriy yilning 6 oy davomida 15 ta holatda jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

O‘tgan 2024-yilda  6 ta holatda yer munosabatlari bilan bog‘liq, 6 ta holatda huquqni muhofaza va nazorat qiluv organ xodimlariga pora taklif qilish,  2 ta maktabgacha va maktab ta’lim sohasida, kredit ajratilishi bilan bog‘lik holatda 3 ta (fuqarolar) , bandlik, soliq, gaz, turli tashkilotlarga ishga, oliy ta’limga o‘qishga  olib kirib qo‘yish  masalalarida soha xodimlari va boshqa  sohaga aloqasi bo‘lmagan fuqarolar tomonidan korrupsion jinoyatlar sodir etilgan.

2025-yilda 2 ta holatda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga pora taklif qilish, yer munosabatlarida  2 ta, nogironlik nafaqasi uchun hujjat tayyorlab berish uchun 2 ta holatda, maktab va maktabgacha ta’lim sohasida ishga va maktabga qabul qilish bilan bog‘liq holatda 2 ta, ishga va oliy ta’limga o‘qishga olib kirish, elektr tarmoqlaridagi ko‘rsatgichlarini kamaytirib  berish  holatlari bo‘yicha 1 tadan korrupsion holatlar aniqlangan v ularning barchasiga jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, jinoyat ishlari ayblov xulosalari bilan sud muhokamasiga yuborilishi ta’minlangan.

 Ko‘rinib turibdiki yer, sog‘liqni saqlash, ta’lim va  ijtimoiy sohada, uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalarida sezgir darajada korrupsion holatlar yuzaga kelmoqda.

Shunday ekan, mana shu sohada davlat idoralarida shaffoflikni oshirish, davlat xizmatchilari o‘rtasida halollik konsepsiyasi bo‘yicha  profilaktik tadbirlarni kuchaytirsak, shuningdek fuqarolar, keng jamoatchilikni mas’uliyatini oshirsak, fuqarolarning  huquqiy savodxonligini yuksaltirsak, davlatimiz korrupsiya kabi illatdan xoli davlatga aylanishiga ishonchim komil.

Zulfiyaxon PATTIYEVA,

Andijon shahar prokurorining katta yordamchisi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

Bugun shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyodagi dolzarb muammolardan bo‘lgan korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish masalasiga, mamlakatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Ma’lumki, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.

Korrupsiya hodisasi - bu shunchaki jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, balki ma’naviy buzilish holatidir. Shunday ekan, o‘ylaymizki, mazkur illatga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki, jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz mas’uldirlar.

Hozirda korrupsiya tushunchasini yoritishda bir qancha ta’riflar mavjud. Birlashgan millatlar tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasida korrupsiyaga eng qisqa, lekin keng qamrovli ta’rif quyidagicha berilgan: “Korrupsiya – bu shaxsiy naf ko‘rish maqsadida davlat hokimiyatini suiiste’mol qilishdir”.

Davlatimiz rahbari tomonidan ushbu jinoyatga “Jinoyatning yopiq va eng qabih turi bor. Bu korrupsiya va poraxo‘rlik, jinoyatning bu turi boshqaruv apparatini izdan chiqaribgina qolmay, bozor asoslarini ham barbod etishi mumkin. Korrupsiya, eng avvalo, uyushgan jinoiy tuzilmalarga madadkor bo‘lish yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri yordam berish uchun davlat xizmatining imkoniyatlaridan foydalanishidir” deb bejiz ta’rif berilmagan.

Joriy yilning 5-mart kuni hurmatli Prezidentimiz Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga baho berib, kelgusidagi vazifalarni aniq belgilab berdilar.

Xususan, “Sudlar faoliyatiga har qanday aralashish – bu odil sudlovga soya solish deb baholanishi” hamda bu bo‘yicha so‘rov ham, javobgarlik ham qattiq bo‘lishi haqida barchani ogohlantirdi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ham hurmatli Prezidentimiz Yangi O‘zbekistonni barpo etishda asosiy e’tiborni beshta ustuvor yo‘nalishga qaratib, ulardan biri sifatida korrupsiyadan xoli, adolatli sud tizimini yaratish masalasini davlat siyosati darajasida mustahkamlab qo‘ygandilar.

Korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida Oliy sud rahbariyati tomonidan muntazam ravishda profilaktik suhbatlar va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, sud idoralari xodimlariga o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda jismoniy va yuridik shaxslardan ularning manfaatlarini ko‘zlagan muayyan harakatni bajarishi yoki bajarmasligi evaziga bevosita o‘zi yoki vositachi orqali pul, qimmatli qog‘ozlar, moddiy boyliklar, sovg‘alar, ssudalar, mulkiy mohiyatga molik bo‘lgan xizmatlar kabi takliflar bilan murojaat qilingan taqdirda, u noqonuniy xatti-harakatlarni to‘xtatishni talab qilishi va taklif qilgan shaxsni tegishli javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirishi lozim. Mazkur holat bo‘yicha zudlik bilan tegishli tarkibiy bo‘linma rahbarlarini yozma tarzda xabardor qilishi, zudlik bilan yozma tarzda xabardor qilishning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, telefon orqali xabar berishi yoki tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga darhol murojaat etishi zarur. Xodimning ogohlantirishiga qaramasdan pul yoki boshqa moddiy boyliklar qonunga xilof ravishda uning xizmat xonasida qoldirib ketilgan taqdirda, bu haqda binoga kirish-chiqish postida xizmat o‘tayotgan tegishli shaxslar ishtirokida dalolatnoma tuzib, mazkur dalolatnomani rahbariyatga taqdim etishlari shart ekanligi xususida doimiy ravishda ko‘rsatmalar berib kelinmoqda.

Shuningdek, kengaytirilgan yig‘ilishlarda barcha sudyalar va sud apparati xodimlari o‘z xizmat vazifalarini halol, vijdonan, yuqori professional darajada va vakolatlaridan chetga chiqmagan holda bajarishi, sud hokimiyatini obro‘sizlantirish va nufuziga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan o‘zini tiyishi, bo‘ysunuvidagi xodimlarni noqonuniy qarorlar qabul qilish yoki g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etishga majbur etmasligi ta’kidlanib kelinmoqda.

Kasbimiz ulkan aql-idrok va ko‘p yillik hayotiy tajribani, xolislik va beg‘arazlikni, intizom va halollikni taqozo qiladigan o‘ta mas’uliyatli, murakkab, shu bilan birga, sharafli kasb ekanligini zinhor unutmasligimiz kerak.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, bu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar fuqarolar tomonidan ham faollik ko‘rsatilsagina, ko‘zlangan natijani berishi mumkin.

K.Abdurazikov,

huquqshunos.

jamiyatning ma’naviy ustunlari yemiruvchi illat

Ma’lumki, bugungi kunda korrupsiya dunyo miqyosida keng jamoatchilikni tashvishga solayotgan global muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Shu bois, unga qarshi kurashish masalasi muhim ahamiyat kasb etdi. Jumladan, bu borada respublikamizda ham zarur choralar ko‘rilib, keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurash tizimini barpo etishda xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish, unga tanqidiy yondashgan holda milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish lozim bo‘ladi.

Korrupsiya o‘ziga tamagirlikni qamrab olgan holda jamiyatning ma’naviy ustunlari hamda demokratik prinsiplarni yemirib, mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy taraqqiy etishi uchun ulkan xavf tug‘diradi.

Etimologik jihatdan “korrupsiya” - lotincha “corruptio”, ya’ni “buzish, sotib olish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’nolarni anglatadi. Korrupsiya shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish demakdir.

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bilan bog‘liq huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.

Xususan, 2017-yilning 3-yanvarida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi hamda bir qator normativ-huquqiy hujjatlarda korrupsiyaning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti belgilangan bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshirishlari nazarda tutilgan.

Binobarin, korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya masalalari Qonunning bir nechta moddalarida o‘z ifodasini topgan. Chunki huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan va huquqiy ta’lim va tarbiya jihatdan yetuk bo‘lgan insonlar salbiy illat bo‘lmish korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydilar.

Bu borada, davlatimiz rahbari ko‘plab ma’ruza va chiqishlarida loqaydlik, beparvolik, poraxo‘rlik, korrupsiya, soxtakorlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilishga qarshi kurash butun jamiyatning bosh maqsadiga aylanishi kerakligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 27-noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.

Hozirda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish Agentlik bilan bir qatorda barcha tashkilotlarning, shu jumladan banklarning ham ustuvor vazifalaridan biridir.

Korrupsiyani oldini olishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish doirasida “O‘zmilliybank” AJ tizimida Axborot va bank xavfsizligi departamenti Komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi va uning joylardagi bosh mutaxassislari bank xodimlarining huquqiy ongini oshirish, targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini yanada jonlantirish hamda samaradorlikka erishish, qonun ustuvorligini ta’minlash masalalarida taalluqli ishlarni olib bormoqdalar.

Ozodbek TO‘XTASINOV,

“O‘zmilliybank” AJning Andijon viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘i.

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

Korrupsiya botqog‘iga botgan amaldorlar jamiyat taraqqiyotiga g‘ov bo‘lib, umri xalqqa xiyonat qilish, yosh avlod ongini zaharlash bilan o‘tishini endi keng jamoatchilik yaxshi tushunadi. Bu illatga qarshi kurash – toza vijdonli, oriyatli ziyolilarning qalb amriga aylanmog‘i lozim.

Talabalar dunyoqarashini munosib ravishda shakllantirish, ularning huquqiy madaniyatini oshirib borish qanchalik muhim ekanligini alohida ta’kidladi. Buning uchun eng avvalo O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunini teran nigoh bilan o‘qib-o‘rganish zarur.

Jamiyatda, ayniqsa, yosh avlod kamolga yetadigan oliy ta’lim muassasalarida korrupsiya balosiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi, bu illatni tag-tomiri bilan yo‘qotish zarur.

Aytish joizki, korrupsiyaga qarshi kurash borasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, poraxo‘rlik, tamagirlik kabi huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga minba’d chek qo‘yish, bunday jinoyatlarga qarshi jazo muqarrarligini har bir shaxs bilishi zarur. Korrupsiya balosining naqadar mudhish illat ekanini tushungan, uni ongli ravishda idrok etgan odam bu jinoyatga qo‘l urmaydi.

Bugungi kunda har bir davlatda korrupsiyaga qarshi kurash davom etmoqda. Har bir davlat va jamiyat korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘lini o‘zi tanlaydi, aniqrog‘i, qanday yo‘l to‘g‘ri ekanini hayot ko‘rsatadi. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashni keng qamrovda olib borish choralari ko‘zda tutilgani, bu borada har bir masalaga alohida e’tibor qaratilgani bejiz emas.

Mutaxassislar fikricha, korrupsiya so‘zi “sotish” va “sotilish” degan ma’nolarni anglatar ekan. Korrupsiyaga aloqador odam qonunni buzishdan tashqari, o‘zining kimligini, e’tiqodi, ma’naviyati qay darajada ekanini oshkor qiladi. Bunday odam nafaqat moliyaviy ziyon-zahmat yetkazadi, balki davlatni, demokratiyani behurmat qilib, obro‘sini to‘kadi, unga non-tuz berib katta qilgan, ilmu hunar, obro‘ va mansab bergan el-yurtning yuziga oyoq qo‘yadi. Oliy o‘quv yurtida talabadan yo uning ota-onasidan pora olgan, tamagirlik qilgan dekan yo boshqa mansabdor shaxs uchun iymon, vijdon, insoniylik degan tuyg‘ular bo‘lmaydi. Ular harom-harish yo‘l bilan topganlarini oilasida o‘z farzandlariga harom luqma yegizayotganini tushunmaydi. Bunday oilada o‘sgan o‘g‘il-qizlar ertaga undan battar ochofat, yulg‘ich, poraxo‘r bo‘lib o‘sadi va bir kun albatta qopqonga tushib, umri panjara ortida o‘tadi. Mana shu haqiqatni oliy o‘quv yurtlaridagi har bir mansabdor shaxs yaxshi bilib olishi zarur. U bugun qilayotgan qing‘irliklarimni hech kim bilmaydi, sezmaydi, deb o‘ylaydi. Vaholanki, bugun odamlarning ko‘zi ochilmoqda. Mansabdor shaxs shunaqa qing‘irliklar qilayotganini atrofidagilar yaxshi bilishadi. Oriyatli, vijdonli ziyolilar ular haqda tegishli idoralarga xabar berib qo‘yishni o‘zlarining vijdoniy burchi, pokiza yashashga intilgan xalq oldidagi qarzi deb bilmoqdalar. Shunga yarasha oliy o‘quv yurtlari ham asta-sekin tozalanmoqda!

Korrupsiya balosidan qutulish, islohotlarni uning changalidan qutqarish sharafli burchimiz ekanligini hamma birdek tushunmog‘i shart. Aks holda, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay, poraxo‘rlik va tamagirlikdan tiyila olmayotgan shaxslar jazoga tortilishi muqarrar!

Oliy o‘quv yurtlarida korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi huquqiy ta’lim va tarbiyani kuchaytirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. To‘g‘ri ishlab, halol yashash saodatini yoshlikdan o‘rgangan odamning umri halovatda bo‘ladi. Adolatsizlik, qonunga hurmatsizlik, kasbu amalga, ishonchga xiyonat qilib bo‘lmasligini o‘qib-uqqan, poraxo‘rlik va korrupsiyaga, suiiste’molchilikka qarshi o‘zida immunitet hosil qilgan yoshlar kelajakda jur’atli, vijdonli inson bo‘lib yetishadi. Halol mehnat bilan topilmagan boylik totli bo‘lmasligini, hech kimga buyurmasligini, yaxshilik emas, yomonlik va kulfat keltirishini tushunadi. Tanish-bilishchilikdan davlat va jamiyat manfaatlariga ziyon yetmasligi, qonunlarga, insonning qadr-qimmatiga raxna solinmasligi kerak. O‘zining g‘arazli maqsadi uchun har qanday tubanlikdan tap tortmaydigan mas’ul shaxs nafaqat oliy o‘quv dargohiga, shu bilan bir qatorda butun jamiyatga ziyon yetkazadi. Rahbar hammaga o‘rnak bo‘lib, halol ishlab, fidoyilik ko‘rsatish o‘rniga, kishi bilmas poraxo‘rlik qilsa, yosh kadrlar undan nimani o‘rganadi? Qanaqa o‘rnak oladi?

Darhaqiqat, har qanday vaziyatda ham halol odam hayotda g‘olib bo‘lib, baxtli-saodatli yashaydi. Bugun butun jamiyatimiz ana shunday pokiza hayotga intilmoqda.

To‘lqin ESHBEK,

O‘zMU dotsenti.

JAMIYAT TARAQQIYOTINI ASOSI

Korrupsiya. Ha, bu so‘z kundalik hayotimizga shunday singib ketdiki, har kuni, har soatda bu ibora shior sifatida jaranglab turibdi. Xo‘sh korrupsiya o‘zi nima, qanday ko‘rinishlarga ega, unga qarshi kurash qachon o‘z samarasini beradi. Bu savollarga hammamiz ham to‘liq javob topa olmaymiz.

Korrupsiya lotin tilidan olingan bo‘lib “aynish”, “poraga sotilish” ma’nosini beradi. Korrupsiya o‘zi yirik va maishiy korrupsiyalarga bo‘linadi. Hozirda biz asosan maishiy korrupsiya bilan kurashgan holda yirik korrupsiya biroz nazarimizdan chetda qolmoqda.

Biz korrupsiya deganda pora ko‘rinishidagi pul oldi-berdisinigina tushunamiz. Korrupsiya aslida yashirin pora, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, rastrata yo‘li bilan o‘zlashtirish, tanish-bilishchilik, qarindosh-urug‘chilik, homiylikka majburlash, amaldan foydalanish, vakolatni sotish, manfaatlar to‘qnashuvi, ovozlarni sotib olish, ichki axborotni sotish, tovlamachilik va shu kabi bir qancha ko‘rinishlarga ega. Har bir ko‘rinish esa bir-biridan kam bo‘lmagan salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Bizda korrupsiyaga qarshi kurashda ko‘pincha boshqa davlatlar tajribasidan foydalanishni taklif qilinadi. To‘g‘ri yaxshidir bu ham. Ammo har davlatning o‘zini ijtimoiy-iqtisodiy shart- sharoitlari hamda milliy mentalitet degan holatlar ham bor-ku. Shu bilan birga yana korrupsiyaga qarshi kurash bilan faqat huquqni muhofaza qiluvchi tashkilot va organlar shug‘ullanishi kerak degan tushuncha ongingizga singib ketgan. Ammo har bir fuqaro ham bu holatlarga befarq bo‘lmasligi kerak deb o‘ylayman. Eng yuqorilardan tortib to quyi tizimlargacha kuchli nazorat o‘rnatilishi kerak. Bu masalada esa hozircha oqsab turgan jamoatchilik va fuqarolik nazorati kuchli ishlashi kerak. Ularni uyg‘otishimiz, kerak bo‘lsa ulardan ijroni talab qilishimiz kerak. Chunki avvalda Xalq nazorati zo‘r ishlagan va katta obro‘ga ega edi. Shu bilan birga OAV vakillari ham jurnalistik surishtiruvlar o‘tkazish, tezkor va ishonchli xabarlarni o‘z vaqtida yetkazib bera olishimiz kerak bo‘ladi.

Vohidjon TOJIDDINOV,

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi.

YOSHLAR QACHON KORRUPSIYAGA MUROSASIZ BO‘LADI?

Mavzu yuzasidan berilgan savolga Korrupsiyaga qarshi kurash viloyat hududiy komissiyasi a’zosi Saminjon XUSANOV javob berdi:

- Halollik inson ma’naviy qiyofasidagi eng muhim fazilatlardan biri. Ertamiz kelajagi bo‘lgan yoshlarda “halollik vaksinasini” shakllantirish, yoshlarning korrupsiyaga qarshi faolligini qanday oshirish mumkin?

Jamiyat hayotining ochiq va shaffof bo‘lishi korrupsiyaga barham beradi, islohotlar natijadorligini ta’minlaydi. Shu o‘rinda so‘nggi yillarda mamlakatimizda ayni sohada amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar aytib o‘tish joiz.

So‘nggi yillarda ushbu illatga qarshi kurashish borasida qonun hujjatlari qabul qilindi, ularning ijrosi yuzasidan keng ko‘lamli ishlar qilinmoqda.

Korrupsiyaning oldini olishda jamoatchilik nazorati muhimligi, ayniqsa bu jarayonda yoshlarning faolligini oshirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Buning uchun dastavval yoshlarga korrupsiya va uning kelib chiqish sabablari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik, korrupsiyaviy xatti-harakatlar uchun javobgarlik turlari hamda ushbu illatga qarshi kurashishda mamlakatimizda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarining mazmun-mohiyati yetkazish kerak deb hisoblayman.

Shu bilan birga, yoshlarni ushbu illatdan himoya qilish va yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlardan yoshlarni ko‘ngli to‘lyaptimi? Mana shu jihatlarga e’tibor qaratsak, yoshlar ham korrupsion holatlarga befarq bo‘lmaydilar.

ILLATGA QARSHI BARCHA BIRDEK KURASHISHI ZARUR!

Korrupsiya – bu davlat yoki jamoatchilik manfaatlarini shaxsiy foyda uchun suiiste’mol qilish bilan bog‘liq noqonuniy faoliyatdir. U ijtimoiy adolat, iqtisodiy o‘sish va demokratik institutlar rivojiga jiddiy tahdid soladi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyoda korrupsiya tufayli yuzlab milliard dollarlar yo‘qotiladi. Shu sababli, poraxo‘rlikka qarshi kurash nafaqat huquqiy, balki siyosiy, iqtisodiy va madaniy masala hamdir.

Prezidentimiz alohida qayd etib o‘tganidek: “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur”.

Korrupsiya- lotinchada «evrilish, buzilish, pora berib sotib olish» ma’nosini anglatib, mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquq va imkoniyatlardan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishni ifodalovchi siyosiy yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat ma’nosini anglatadi. Shuningdek, uning tarkibiga mansab vakolatini suiiste’mol qilish, hokimiyat harakatsizligi, pora olish, berish va boshqa bir qator jinoyatlar ham kiradi.

Albatta, har qanday demokratik davlat ushbu illatning avj olishiga yo‘l qo‘ymasdan unga qarshi tizimli ravishda ish olib borilishni taqozo etadi.

Bilamizki, 2017-yil 3-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Bu qonun bugungi kunda davlat organlari faoliyatining ochiqligini va hisobdorligini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlari, mansabdor shaxslarning o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirishga, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilmoqda.

Ushbu illat inson huquqlarining buzilishi, mamlakat taraqqiyoti va jamiyat ravnaqiga jiddiy ta’sir etar ekan, demak unga qarshi kurashish birgina davlat idorasi yoki jamoat tashkilotiga emas, balki, shu davlat fuqarosi, jamiyat a’zolariga birdek tegishli bo‘lgan ish hisoblanadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashda davlat idoralari bilan bir qatorda fuqarolik jamiyati institutlari jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorlikda ish olib borishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Adolat tamoyillarini qaror toptirishda, albatta jamiyat a’zolarining huquqiy bilim va malakalarining yetarli darajada bo‘lishi, qonun oldida barchaning tengligini ta’minlash tamoyilini qaror toptirish muhim hisoblanadi. Shubhasiz, aholi huquqiy ongini ko‘tarish va huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida korrupsiya haqida, unga qarshi kurash va uning oldini olish choralarini ko‘rishga bag‘ishlangan mavzularda davra suhbatlari tashkil qilish, korrupsiya tarkibidagi jinoyatlar, jumladan, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, hokimiyat harakatsizligi, pora olish, berish va boshqa bir qator qonunbuzarliklar uchun belgilangan jazo choralari haqida yetarli darajada tushuncha va ma’lumotlar berib borish o‘rinlidir.

Dilfuzaxon ABDUSOLOMOVA,

O‘zbekiston notarial palatasi Andijon viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i

Qonimda korrupsiya bor…

Ha, to‘g‘ri o‘qidingiz. Mening qonimda korrupsiya bor. Nega deysizmi? Buni ushbu maqolani oxirigacha o‘qisangiz tushunib olasiz. Balki sizning qoningizda ham korrupsiya bordir. Men boshladim.

Tug‘ilganimda quloqlarim ostida birinchi bo‘lib azon aytilishi o‘rniga, hamshiralarning “Suyunchi, suyunchi” degan so‘zlari eshitildi. Ko‘z oldimda esa otamning xursandchilikdan balki majburlikdan ularning cho‘ntaklariga pul solganini ko‘rdim.

- Palondaqa, pismadondaqa dorilarni olib kelishingiz kerak. – doktor dadamning qo‘liga qog‘ozlarni tutqazdi.

- Haligi, - dadam iymanib cho‘ntagini kovladi.

- Ha, mayli o‘zimizda boridan foydalanib turamiz – doktorning ko‘zida quvonch uchqunladi.

Shifoxonadan meni olib chiqib ketish uchun oxirgi puliga mashina yo‘llagan otam, eshik oldida qator turgan hamshira-yu doktorlarni ko‘rib, yana cho‘ntak kovladi…

Oradan bir muncha vaqt o‘tdi. Endi meni bog‘chaga joylash kerak edi. Otam qo‘limdan yetaklab bog‘cha opaning oldiga olib kirdi. Sochlari yozilgan opaning ensalari qotib:

- Hozir joy yo‘q. Navbat uzun. Biroq…

Dadam qo‘lidagi konvertni stol ustiga qo‘ydi. Ish bitdi. Endi men bog‘chaga bora boshladim. Yillar o‘tdi. Endi meni maktab darvozasi oldida otamning qo‘lidan tutgancha ichkariga kirayotganimni ko‘rishingiz mumkin edi.

Qorin qo‘ygan direktor maktabga yaqin hududdan emasligimizni aytib, eshikni yopdi. Ortimizdagi mo‘ylovdor amaki esa 2-3 banka bo‘yoq bilan ishimizni bitirib berishini ta’kidladi. Tabiiyki, shu bilan ishimiz oson bitishini sezgan otam do‘konga chopdi.

Yillar men o‘rtoqlarim bilan quvalashib yurganday tez o‘tib ketdi. Endi men oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishim kerak edi. Amallab kirib oldim. Dadamning shu vaqtgacha to‘plagan pullari-yu qo‘y-mollar sabab.

- Domla, sessiyani a’loga yopishim kerak.

- Mana, a’loga yopasan. Kitobim chiqqan. Shundan 4 ta olsang 4, 5 ta olsang 5 bahoing.

Yotoqxonamda bir xil 5 tadan kitoblar qalashib yotardi. Yotoqxona foyesida esa ushbu joyga kirish uchun olib bergan gullarim qator turardi.

Diplom himoyam uchun rahbarimga sovg‘a, yaxshi o‘qitgani uchun ustozlarimga sovg‘a, mana shunday qilib o‘qishni ham tamomladim. Navbat ishga joylashishga.

Katta bir tashkilotning eshigini taqillatib bordim. Po‘rim kiyingan, galstuk taqib olgan rahbar.

- Ish stajingiz yetarli emas. Lekin buning yo‘li bor. Amallasa bo‘ladi…

Bu yo‘lni otamdan o‘rgangan edim. Topgan-tutganim, qarz havola qilib ishga joylashdim. Hammasi joyida, endi mening ishim bor.

Ishlar bir tekisda ketardi. Kunlarning birida oldimga bir kishi keldi. Hujjatlarida muammo bor ekan. Uni hal qilish qo‘limdan kelardi va

- Hujjatlaringizda muammo bor. Buni hal qilish qiyin. Ammo qilsa bo‘ladi… - miyig‘ida ishora qildim. Tushungan odam ekan konvertni stol ustiga qo‘ydi va ishi oson bitganidan xursand bo‘ldi.

Hayotim mana shunday ishlarimni oson yo‘l bilan hal qilish uchun yaralganday edi. Navbatda turib qolsam ham, biror muammoga yo‘liqsam ham hamma hammasini osongina, silliqqina hal qilib chiqaverardim.

Oradan yillar o‘tdi. Umr shami tugab borardi. Og‘ir xastalik bilan kurashib yotar ekanman farzandimning so‘zlari quloqlarim ostida jaranglashni boshladi:

- Go‘rkovga 2-3 so‘m berib yaxshi joydan qabr tayyorlatib qo‘ydim…

Qon bilan kirgan jon bilan chiqadi. Korrupsiya mening qonimda bor edi…

Abduvali Qurbon

TARAQQIYOT YO‘LIDAGI TO‘SIQ

Taraqqiyotga g‘ov bo‘ladigan illatlardan biri – korrupsiya insoniyatning o‘zi qadar qadimiydir. U zamonu makonga qarab faqat shaklu shamoyi­lini yangilab boradi, xolos. Korrupsiyaga qarshi kurash olib borilayotgan bo‘lsa-da, unga butunlay barham bergan birorta ham davlat yo‘q. Xalqaro valyuta jamg‘armasining ma’lumotlarida dunyoda korrupsiya va poraxo‘rlik natijasida yiliga 1,5-2 trillion dollar mablag‘ o‘zlashtirilib, jahon iqtisodiyotiga juda katta zarar yetkazilayotgani qayd etilgan. 

Bugungi kunda ko‘pchilik korrupsiya deganda faqatgina ish bitirish uchun pul oldi-berdini nazarda tutadi. Buning sababi shuki, korrupsiyaning bu ko‘rinishi jamiyatning quyi qatlamida keng tarqalgan. Aslida korrupsiya maishiy (fuqarolar bilan mansabdor shaxslar va davlat xizmatchilarining kundalik ish faoliyatidagi manfaatlar to‘qnashuvi), ishbilarmonlik (tadbirkorlik sub’­yekt­lari bilan hokimiyat vakillarining munosabatlarida uchraydigan) va yuqori hokimiyat organlari korrupsiyasi (siyosiy hukmron doiralar hamda odil sudlov tizimi faoliyatida ko‘zga tashlanadigan) kabi bir qancha turlarga bo‘linadi. Korrupsiya­ning kelib chiqish sabablari sifatida tadqiqotchilar to‘rtta omilni ko‘rsatadilar. 

Birinchisi – iqtisodiy sabab­lar. Korrupsiyaning bu ko‘rinishi ijtimoiy va iqtisodiy hayotni bevosita ma’muriy yo‘l bilan boshqarishga intilgan hokimiyat va byurokratiyaning mavqei baland bo‘lgan davlat sharoitida rivoj topadi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan o‘rnatilgan turli xildagi cheklashlar, amaldorlarning keng, nazoratdan xoli, cheklanmagan yoki ruxsat berish, yoki taqiqlash vakolati korrupsiyaga zamin yaratadi. Shu bilan bog‘liq holda, yirik mablag‘larga ega bo‘lgan ayrim ishbilarmonlar o‘z daromadlarini ko‘paytirish maqsadida va raqobatda alohida imtiyozlarga ega bo‘lish uchun hukumat amaldorlarini pora evaziga sotib olib, ularni o‘z ixtiyorlariga bo‘ysundirishga intiladilar. 

Ikkinchisi – huquqiy sabablar. Korrupsiyaning rivoji qonunlarning sifatiga bog‘liq. Mukammal bo‘lmagan qonunlar ishlamaydi va ayrim shaxslar uddaburonlik, ya’ni normativ-huquqiy hujjatlardagi nazarda tutilmagan yoki tartibga solinmagan, umumiy ma’noda huquqiy bo‘shliqni topib, bundan ustalik bilan foydalanadilar. 

Uchinchisi – institutsional sabab­lar bo‘lib, ularga, avvalo, davlat boshqaruvi tizimidagi nuqsonlar, demokratik institutlarning kuchsizligi, natijada hukumat faoliyatining yopiqligi yoki fuqarolik nazoratidan xoliligi kiradi. 

To‘rtinchisi – ijtimoiy sabab­lar yoki jamiyatdagi muhit, aholining huquqiy bilimi, madaniyat darajasi, ma’naviyati va jamoaviy faolligi pastligi kabi omillardir. 

O‘zbekistonda ta’lim, tibbiyot va bank sektori sohalarida poraxo‘rlik illati keng uchraydi. Buning sababi nima? Ta’lim va tibbiyotda bu illatning avj olishi sabablaridan biri va asosiysi ishsizlik, ish o‘rinlarining yetarli emasligi, aholining kichik bo‘lsa-da, muqim maosh va tayinli ish o‘rniga ega bo‘lish istagidir. Bog‘bonlik bo‘ladimi, farroshlikmi yo o‘t yoquvchilik, nima bo‘lsa ham tayinli ishga kirish istagi kishilarni yillab yig‘gan-terganlarini qo‘shqo‘llab birovga topshirishga undaydi. Ayniqsa, o‘rta maxsus ma’lumotli kishilar orasida qanday yo‘l bilan bo‘lsa-da, ishga joylashish istagi kuchli va bu yuqoridagi sohalarda korrupsiyani rivojlantirmoqda. Tibbiyotda esa inson salomatligi omili borki, u olovni yanada alangalatadi.

Qolaversa, huquqiy savodxonligimiz bilan ham maqtana olmaymiz.

Negaki, qonunan o‘zimizniki bo‘lgan narsani huquqlarimizni bilmasligimiz sababli pul yoki tanish-bilishchilik evaziga qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. 

Korrupsiya holatlariga barham berish borasida turli qarashlar mavjud. Albatta, bunday illatni tag-tomiri bilan yo‘q qilaman degan davlatlar boshqa rivojlangan mamlakatlarning tajribalariga ham tayanadilar. Ayrimlar korrupsiya holatlariga nisbatan jinoiy jazolarni keskin kuchaytirish tarafdori bo‘lsa, ba’zilar o‘lim jazosi yoki tan jazosi choralarini qo‘llash kutilgan natijalarni berishini aytadilar. 

Ayrim hududlar mazkur illatga qarshi keskin chora-tadbirlari bilan ajralib turadi. Xususan, Xitoyda pora uchun bir umrlik qamoq yoki o‘lim jazosi joriy etilgan. Boshqa davlatlarda ham shunga o‘xshagan kes­kin choralarni kuzatishimiz mumkin. Bularning barchasidan maqsad bitta – korrupsiyaga barham berish.

Mamlakatimizda O‘zbekiston Res­publikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni 2017-yilda 4-yanvardan boshlab kuchga kirgan.

Albatta, qonun ustuvorligining ta’minlanishi, korrupsiyaga qarshi qonunlarning ishlashi, qonunni qo‘llovchilar, ya’ni prokuratura, ichki ishlar, adliya va odil sudlov tizimi vakillarining adolat tamoyillaridan chekinmasligi korrupsiyaga barham berishda muhim omil bo‘ladi. O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishga murakkab jarayon sifatida qaralib, tadqiqot institutlari, ijtimoiy tadqiqot markazlari ishlashi kerak. Ular jamiyat a’zolarining xatti-harakatlarini har tomonlama tahlil qilishlari lozim. Jumladan, endigina mansab pillapoyalaridan ko‘tarilayotgan shaxs fe’l-atvoridagi qaysi jihatlarga moyillik ustunligini o‘z vaqtida anglash va kerakli tadbirlarni ko‘rish ham bu yo‘lda kerakli odim bo‘lishi mumkin. 

Jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurash qonuniylik va ilmiylikka asoslangan bo‘lishi kerak. Unutmaslik kerakki, jinoyatga jazo muqarrar. 

Zafar TO‘XTASINOV, 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudining tergov sudyasi.

Nuqtayi nazar

OLDIMIZDA DOLZARB VAZIFALAR BOR

Ma’lumki, jamiyatni turli illatlardan tozalash o‘sha jamiyat vakillarining vijdoniy vazifasidir. Korrupsiya bugun ana shunday illatlardan bo‘lib turibdi. Bu, hech kimga sir emas. Joriy 2025-yilning 4-5-sentyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisi  bo‘lib o‘tdi. Unda ham qator masalalar ko‘rib chiqildi, xususan, yuqorida biz tilga olgan illatga murosasiz kurash olib borish yo‘nalishidagi masalalar ham.

 Video-konferens-aloqa tarzida o‘tkazilgan yalpi majlisda hukumat a’zolari, vazirlik va idoralarning vakillari, mahalliy Kengashlar deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi. Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

Xo‘sh, yalpi majlisda yana qanday masalalar ko‘rildi-yu, ulardan ko‘zlangan maqsad nimadan iborat? Korrupsiya illati haqida qanday mulohazalar bildirildi. Shu kabi savollar bilan qiziqib, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon axborot-kutubxona markazi direktori, xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi  deputati Gulnora Alijonovna Ismoilovaga yuzlandik.

Yalpi majlisda jamiyat hayotining barcha sohalari huquqiy asoslarini mustahkamlashga va mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samaradorligini oshirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 16 ta masala, shu jumladan 9 ta qonun ko‘rib chiqildi. Jumladan:

Yalpi majlisning birinchi ish kunida senatorlar tomonidan “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi, “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi, “Kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini qanoatlantirish tizimi takomillashtirilishi to‘g‘risida”gi, “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi,  “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hamda “Bozor islohotlari va O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonlari yanada jadallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunlar qizg‘in muhokama qilindi va senatorlar tomonidan ma’qullandi.

2025-yil 5-sentyabr kuni yalpi majlis o‘z ishini davom ettirdi.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish, mamlakatda kriminogen vaziyat barqarorligini saqlash, tezkor-qidiruv, surishtiruv va dastlabki tergov faoliyatini yuritishda ham kamchiliklar mavjudligi qayd etildi.

         Senatorlar prokuratura organlari tomonidan sog‘liqni saqlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish, reproduktiv salomatlikni, onalik va bolalikni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan ta’sirchan nazorat o‘rnatish, yoshlar va xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida nazoratni yanada kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalarini berdi.

Shuningdek Yalpi majlisda senatorlar tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma’ruza ko‘rib chiqildi. Unga asosan:

2024-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy ta’minlashga qaratilgan 8 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan.

         Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlari keng joriy etildi. Ularning faoliyatida ochiqlikni ta’minlash, jamoatchilik oldida hisobdorlikni oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

         Shu bilan birga, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab olingan.

         Sohada davlat siyosati izchilligini ta’minlash maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi qabul qilinib, ochiq e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati 35 tadan 40 tagacha kengaytirilgan.

         Shu bilan birga, muhokamada senatorlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ayrim kamchiliklar saqlanib qolayotganligi ham qayd etildi.

         Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun sudlangan shaxslarning aksariyati maktabgacha va maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash, tijorat banklari hamda bandlik tizimi xodimlariga to‘g‘ri keladi.

Adliya vazirligi tomonidan 2024-yilda 2 mingdan ortiq loyihalarning 222 tasida yoki 11 foizida 337 ta korrupsiyaviy omillar aniqlangan. Korrupsiyaviy omillarning aksariyati Iqtisodiyot va moliya, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi, Qishloq xo‘jaligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlarda aniqlangan.

         Korrupsiyaga qarshi ekspertizaga berilmagan loyihalarning ko‘pchiligi Investitsiyalar, sanoat va savdo (6 ta), Energetika, Qishloq xo‘jaligi hamda Tashqi ishlar (5 tadan) vazirliklari hissasiga to‘g‘ri keladi.

         Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari yetarli darajada tashkil etilmagan.

         Muhokama jarayonida Senat a’zolari tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, qator vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator takliflar bildirildi. Xususan:

– korrupsiyaga oid jinoyatlarni tahlil qilgan holda jinoyatlar ko‘rsatkichi oshgan davlat organlari va tashkilotlarida kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni belgilash;

– korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish tizimi bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini faollashtirish, davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining ichki nazorat tuzilmalari xodimlariga qo‘shimcha vazifalar yuklatilishining oldini olish;

– ichki nazorat tuzilmalari tomonidan nazorat tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazilishini ta’minlash, odob-axloq komissiyalarining faoliyatini kuchaytirish.

         O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlari ham tasdiqlandi.

         Sir emaski, korrupsiya – taraqqiyot kushandasi. U, jamiyat tanasidagi saraton, deb ham ta’riflanadi. Shunday ekan, unga qarshi kurashish har bir rahbarning, har bir fuqaroning burchi bo‘lishi kerak, nazarimda. O‘ninchi yalpi majlisda ishtirok etgan har bir qatnashchining qalbidan ana shunday his o‘tgani aniq. Hali bu illat tamom barham topganicha yo‘q, shunday ekan, oldimizda dolzarb vazifalar bor. Yakdillik va hamjihatlik, ota-bobolarimiz, ko‘pni ko‘rgan momolarimiz azaldan amal qilib kelgan vijdon va halollik tamoyillariga suyansak, qonun ustuvor bo‘lgan davlat va jamiyatda yashayotganimizni anglasak, albatta, qonunbuzilishga, poraxo‘rlikka yo‘l qo‘yilmaydi. Jamiyatdagi illatlarning katta-kichigi bo‘lmaydi, ularning barchasiga yalpi kurash masalasi bugun kun tartibida turibdi.

Ikromjon Mansurov suhbatlashdi.

har bir fuqaro “halollik vaksinasi” bilan emlanishi kerak!

Korrupsiya albatta bugun paydo bo‘lgan illat emas, u qadimdan buyon mavjud bo‘lib kelmoqda. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel shunday degan: “Har qanday davlat tizimida – qonunlar va boshqa farmoyishlar orqali ishni shunday tashkil qilish kerakki, unda mansabdor shaxslarni noqonuniy yo‘l bilan boyishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim” deb hisoblaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017-yil 3-yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida” gi qonunni imzoladi (O‘RQ-419). Ushbu qonunda korrupsiya tushunchasiga quyidagi ta’rif berilgan: “Korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish”.

Prezidentimiz “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar belgilab berdi. 2017-yil 4-yanvardan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni kuchga kirgani bu boradagi muhim qadam bo‘ldi.

Mazkur qonun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi  munosabatlarni tartibga solishda muhim huquqiy asos yaratdi. Bu davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan korrupsiyaga qarshi  amalga oshirilayotgan  chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy prinsiplari va yo‘nalishlari mustahkamlangan. Unga ko‘ra, qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va oshkoralik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligi, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi, javobgarlikning muqarrarligi korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplaridir.

Korrupsiya - shunday illatki, uni bir yoki ikki departament, tuzilma sa’y-harakati bilan yo‘q qilib bo‘lmaydi. Qachonki, barcha xodimlarimiz, jamoa bo‘lib unga qarshi birgalikda kurashib, uning ildizlarini yo‘q qilishga kirishilsagina ijobiy natijaga erishish mumkin.

Joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishlarning holatini kompleks o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlab borish uchun bankning korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi faoliyatini kuchaytirish muhimdir. Xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, bankda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatga erishish, ushbu yo‘nalishdagi qonunbuzilish holatlari yuzasidan xabar bergan shaxslarni himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlaridan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Vaholanki, bugun har bir bank xodimining fe’l-atvoriga O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga bo‘ysunish va ularni hurmat qilish odobini singdirib borish o‘ta muhim vazifadir.

Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, korrupsiya va poraxo‘rlik jamiyat barqarorligining muhim asosi bo‘lgan adolatning yo‘qolishiga olib keladi. Mamlakatimiz mustahkamligi, xalqimiz farovonligi, yurtning rivoji va gullab yashnashini, obod bo‘lishini istagan har bir fuqaro pora olish va berish illatidan xalos bo‘lishi, “halollik vaksinasi” bilan emlanishi, bir so‘z bilan aytganda, korrupsiyaga qarshi kurashishi lozim.

Zafarjon TO‘YCHIYEV,

“O‘zmilliybank” AJning Komplayens tavakkalchiligi bloki Korrupsiyani oldini olish boshqarmasi Korrupsiyani oldini olishni muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi.

KORRUPSIYAGA BARHAM BERISH IQTISODIYOTIMIZNING JADAL RIVOJLANISHINI TA’MINLAYDI

Prezidentimiz “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar belgilab berdi. 2017-yil 4-yanvardan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni kuchga kirgani bu boradagi muhim qadam bo‘ldi.

Mazkur qonun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi  munosabatlarni tartibga solishda muhim huquqiy asos yaratdi. Bu davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan korrupsiyaga qarshi  amalga oshirilayotgan  chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy prinsiplari va yo‘nalishlari mustahkamlangan. Unga ko‘ra, qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va oshkoralik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligi, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi, javobgarlikning muqarrarligi korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplaridir.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sirasiga aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish kiradi. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash ham shular jumlasidandir.

Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi vakolatli organlar tizimi keltirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar, Adliya vazirliklari, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi davlat organlaridir. Qonunga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonun hujjatlariga asosan boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.

Qonunda ko‘rsatib o‘tilgan organlarning korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida amalga oshiradigan ishlari aniqlashtirildi. Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘z vakolatlari doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruvni, dastlabki tergovni, shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiradi. Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshiradi.

Qonundagi e’tiborli jihatlardan yana biri, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning ishtirok etishi mexanizmlari belgilanganidir. Zero, bu institutlar jamiyatda jamoat nazorati qaror topishida, adolat muvozanati ta’minlanishida o‘ziga xos o‘rin tutib kelmoqda. Ularning jamiyat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi korrupsiya illatiga qarshi kurashishda ishtirok etishi shu yo‘nalishdagi faoliyat samaradorligi oshishiga xizmat qiladi.

Qayd etib o‘tish kerakki, qonun iqtisodiyotimizda muhim o‘rin tutayotgan tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlari muhofazasini yanada kuchaytirdi. Davlat organlarining nazorat-tekshiruv vazifalari yanada maqbullashtirilmoqda. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish tizimi takomillashtirilib, ularning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilyapti. Bu choralar mamlakatimizda qulay biznes muhiti mustahkamlanishi, tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqish yanada kuchayishiga keng yo‘l ochadi, iqtisodiyotimizning jadal rivojlanishini ta’minlaydi.

Dilbarxon Abdumajidova,

“Adolat mezoni” muxbiri.

Bolalar korrupsiyaga qarshi:

ular otasini qamalib ketishini xohlashmaydi (кичик сарлавҳа)

Korrupsiya – bu jamiyatdagi eng katta muammolardan biri bo‘lib, u nafaqat iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir qiladi, balki ijtimoiy va ma’naviy muammolarni ham yuzaga keltiradi. O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darajasida olib borilmoqda, ammo bu masalaga oid nuqsonlar hali ham mavjud. Shu o‘rinda korrupsiyaning ayrim jamoat a’zolari, ayniqsa bolalarga qanday ta’sir etishi haqida fikr yuritamiz.

Bolalar nima uchun otalarini himoya qiladi?

Ko‘pincha korrupsiya to‘g‘risidagi muhokamalar kattalar orasida kechadi. Ammo bolalar ham bu muammoga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladi. Bolalarning korrupsiyaga qarshiliklari, ayniqsa, ularning otalari qamalishidan qo‘rqishi bilan bog‘liq.

Otalarining korrupsiyada ayblanishi yoki qamalishi — bu bolalar uchun katta psixologik zarba. Ular otasini hayotdagi asosiy ustun va himoyachi sifatida ko‘radi. Shuning uchun ham bolalar otalarining qamalishini xohlashmaydi, ular uchun bu – nafaqat iqtisodiy qiyinchilik, balki ruhiy azob ham beradi.

Keyinchalik katta bo‘lganlarida bolalar korrupsiya muammosining jamiyatga xavfliligini yaxshiroq tushuna boshlaydi. Lekin kichik yoshdagi bolalar uchun bu tushuncha murakkab va noaniqdir. Ular uchun asosiy muhim narsa – otasining yoki oila a’zolarining hayoti va tinchligi.

 Qanday qilib korrupsiya bolalar hayotiga ta’sir etadi?

1.     Iqtisodiy qiyinchiliklar: Otasining qamalishi yoki korrupsiyaga aloqador ayblar tufayli oila moliyaviy jihatdan qiynalib qolishi mumkin. Bu bolalarning ta’lim olish, sog‘liqni saqlash va o‘yin-kulgiga sarflanadigan mablag‘ni kamaytiradi.

2.     Psixologik stress: Oiladagi notinch vaziyat bolalarda stress, o‘ziga ishonchni yo‘qotish va hatto depressiyaga olib kelishi mumkin.

3.     Ijtimoiy qoloqlik: Qo‘shnilar va do‘stlar orasidagi munosabatlarda muammolar yuzaga kelishi, bolalarning ijtimoiy faolligi pasayishi mumkin.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda bolalarning roli

Bolalar korrupsiyaga qarshi kurashishda to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etmasalar ham, ularning bilimli va sog‘lom fikrga ega bo‘lishi juda muhim. Bolalarni adolat, haqiqat va insoniylik qadriyatlariga tarbiyalash, ularda korrupsiyaga nisbatan salbiy munosabatni shakllantirish – bu kelajak uchun muhim investitsiyadir.

Oila va jamiyatning vazifasi

  • Ota-onalar: Bolalarga korrupsiyaning qanday zararli ekanligini sodda va tushunarli tilda tushuntirish kerak. Ularga adolat va haqqoniyatning ahamiyatini o‘rgatish zarur.
  • Maktablar va ta’lim muassasalari: Bolalarga etika, huquqiy madaniyat va jamiyatdagi to‘g‘ri munosabatlar haqida ta’lim berish kerak.
  • Davlat va jamoat tashkilotlari: Korrupsiyaga qarshi kurashishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, oilalarga psixologik yordam ko‘rsatish muhim.
  •  

Xulosa

Korrupsiya nafaqat iqtisodiy yoki siyosiy muammo, balki u jamiyatning har bir a’zosining, xususan, bolalarning hayotiga ta’sir qiladigan salbiy holatdir. Bolalar otasining qamalishini xohlamasliklari – ularning insoniy, ruhiy va ijtimoiy talablari bilan bog‘liq. Shuning uchun korrupsiyaga qarshi kurashishda bolalarni tushunish, ularga g‘amxo‘rlik qilish va ularni sog‘lom muhitda tarbiyalash muhimdir.

Zaynobiddin QODIROV,

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi.

adolatsizlikka nisbatan kurashishni o'zimizdan boshlashimiz kerak

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo'yadigan adolat tushunchasini hayotimizda yanada keng qaror toptirish birinchi darajali vazifa ekaniga alohida e'tibor qaratmoqda.

Bilamizki, korruptsiyada har doim kamida ikki tomon ishtirok etadi. Bunda, bir tomondan, noqonuniy yo'l bilan o'zi yoki uchinchi shaxs uchun boylik orttirayotgan mansabdor shaxs hamda boshqa tomondan mansabdor shaxsdan aktiv yoxud passiv usulda uning manfaatini ko'zlovchi qarorning qabul qilinishini kutayotgan shaxs. Korruptsiyani, soddaroq qilib, o'z nafsi, manfaati yo'lida qonunni ham chetlab o'tish orqali g'arazli maqsadi hamda biror narsaga erishish, deyish mumkin.

Bugungi kunda yurtimizda ushbu illatga qarshi kurashish davlat siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biriga aylangan. Uning huquqiy asoslari, tashkiliy tuzilmasi va amalga oshirish strategiyasi ham aniq. Bu borada O'zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korruptsiyaga qarshi konventsiyasiga qo'shilishi islohotlarning dastlabki muhim qadami bo'ldi. Uni amalga oshirishning milliy mexanizmi sifatida “Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi Qonun, Prezidentimizning “Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori qabul qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yilning 3 yanvarida “Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi qonunni imzoladi. Qonunda korruptsiyaga qarshi kurashuvchi davlat organlari belgilab berildi. Ushbu qonunning 5-moddasida korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari ko'rsatib o'tilgan bo'lib, ular: aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni o'z vaqtida aniqlash, ularga chek qo'yish, ularning oqibatlarini, unga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi printsipini ta'minlashdan iboratdir.

Jamiyatimizda korruptsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo'l qo'ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekanini uqtirilmoqda.

Korruptsiya har qanday davlatning ertangi kuni, kelajagi uchun xatarli, tahdidli kushandadir. U iqtisodiyotga katta zarar yetkazib, mamlakat taraqqiyotini izdan chiqaradi. Jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish o'ta dolzarb masaladir. Garchi uni bajarish uchun mas'ul idoralar belgilangan bo'lsa-da, uning to'laqonli ro'yobga chiqishi uchun har bir fuqaro o'zida mas'uliyat his etsa, qo'yilgan maqsad va muddaoga erishish mumkin.

Har birimiz qaerda, qanday muammoga duch kelsak, uning hal etilishida mas'ul shaxslarning mas'uliyatsizligi yoki ta'magirligiga guvoh bo'lganda sharoitga bo'ysunish, indamay ketaverish yoxud chidash o'rniga bong urishimiz kerak. Mas'uliyatsizlikka, adolatsizlikka nisbatan kurashishni o'zimizdan boshlashimiz darkor. Shunda mudrayotgan mansabdor uyg'onadi, zimmasida qanday mas'uliyat borligini his etadi.

G'iyosiddin OBIDINOV,

Andijon viloyati sudining fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'ati sudyasi

 “kasallikni davolashdan ko‘ra, uning oldini olish afzal”

korrupsiyaga qarshi kurashishda ana shunday yo‘l tutmog‘imiz darkor (кичик сарлавҳа)

Hozirda korrupsiya tushunchasini yoritishda bir qancha ta’riflar mavjud. BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasida korrupsiyaga eng qisqa, lekin keng qamrovli ta’rif quyidagicha berilgan: “Korrupsiya – bu shaxsiy naf ko‘rish maqsadida davlat hokimiyatini suiiste’mol qilishdir”.

Davlatimiz rahbari tomonidan ushbu jinoyatga “Jinoyatning yopiq va eng qabih turi bor. Bu korrupsiya va poraxo‘rlik, jinoyatning bu turi boshqaruv apparatini izdan chiqaribgina qolmay, bozor asoslarini ham barbod etishi mumkin.

Korrupsiya, eng avvalo, uyushgan jinoiy tuzilmalarga madadkor bo‘lish yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri yordam berish uchun davlat xizmatining imkoniyatlaridan foydalanishidir” deb bejiz ta’rif berilmagan.

Korrupsiya har qanday davlatning ertangi kuni, kelajagi uchun xatarli, tahdidli kushandadir. U iqtisodiyotga katta zarar yetkazib, mamlakat taraqqiyotini izdan chiqaradi. Shu boisdan mamlakatimizda bu borada qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Bugungi kunga kelib respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishning mustahkam huquqiy bazasi va aniq tizimi shakllandi.

Ushbu illatga qarshi kurashishni jahon talablari asosida tashkil etish maqsadida 2008-yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2003-yil 13-oktyabrdagi "Korrupsiyaga qarshi" Konvensiyasini ratifikatsiya qildi, shuningdek, "Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Korrupsiyaga qarshi" konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi. Shuningdek, Davlatimiz 2010-yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga (2003-yil 10-sentyabr) qo‘shildi.

2017-yilda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun, 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va 2021-yilda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Prezidentimizning 2021-yildagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari, ya’ni Komplayens nazorat tizimi yo‘lga qo‘yildi.  

Bevosita korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlariga quyidagilar kiradi:

Bosh prokuratura;

Milliy xavfsizlik xizmati;

Ichki ishlar vazirligi;

Adliya vazirligi;

Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Qonun bilan yuqorida sanab o‘tilgan organlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari belgilab berilgan.

Bundan tashqari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, OAV va fuqarolar korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etadi.

Xalqimizda kasallikni davolashdan ko‘ra, uning oldini olish afzal degan naql bor. Zero korrupsiya keltirib chiqaradigan oqibatlarini kutib turmasdan bu illatga oid jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash, ularga chek qo‘yish maqsadga muvofiqdir.

N. Zaynabidinov,

Andijon viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati sudyasi.

Кorrupsiyaga murosasizlik – yoshlar pozitsiyasi

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Bu borada yoshlarni halollik, adolat, qonuniylik va mas’uliyat ruhida tarbiyalash, Коррупция korrupsiyaga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga коррупциянинг chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan ham mazkur yo‘nalishda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. коррупциянинг barcha tuman va shaharlarida “Halollik – eng oliy fazilat”, “Korrupsiyasiz kelajak bizning qo‘limizda” shiori ostida 500 dan ortiq uchrashuv, davra suhbati va seminar-treninglar tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda 50 mingdan ziyod yoshlar, ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari, yosh tadbirkorlar hamda fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvlar davomida Adliya, Prokuratura, коррупцияга qarshi kurashish agentligi, Ichki ishlar va Soliq boshqarmasi vakillari ishtirok etib, yoshlarga korrupsiya xavf-xatarlari, halollik me’yorlari va qonuniylik tamoyillari haqida tushunchalar berdi.

Yoshlar ishlari boshqarmasi tashabbusi bilan mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyatiga halollik tamoyillarini singdirish maqsadida maxsus o‘quv-treninglar o‘tkazildi. Viloyatdagi 879 ta mahalla yoshlar yetakchilari “Korrupsiyasiz muhit – halol xizmat” коррупция treninglarda ishtirok etib, amaliy qo‘llanmalar, infografik plakatlar va video roliklar bilan ta’minlandi. Shuningdek, har bir mahallada yoshlar bilan “Halol fuqarolik pozitsiyasi” mavzusida suhbatlar tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.

Har bir tuman va shaharda namunaviy yoshlar yetakchilari o‘z hududlarida korrupsiyaning oldini olishga коррупциянинг targ‘ibot tadbirlarini tashkil etmoqda.

Shu bilan birga, tizimda ichki nazoratni kuchaytirish va xodimlar mas’uliyatini oshirish maqsadida “Halollik kodeksi” mavzusida muntazam suhbatlar o‘tkazilmoqda. 2025-yilning o‘tgan davrida 100 dan ortiq tizim xodimlari halollik standartlari, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xizmat etikasi va axborot shaffofligi bo‘yicha maxsus seminar-treninglarda qatnashdi. 

Boshqarmada har oyda “коррупцияга qarshi ichki nazorat kuni” amaliyoti yo‘lga qo‘yilib, unda xodimlarning faoliyati, yoshlar bilan ishlashdagi shaffoflik va hisobot intizomi tahlil etilmoqda.

Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan “Korrupsiyasiz hayot – yoshlar Коррупция” shiori ostida ijtimoiy video roliklar, banner va animatsion plakatlar tayyorlanib, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ib etilmoqda.

Fuqarolar va yoshlarning murojaatlarini halol, shaffof va tezkor ko‘rib chiqish tizimi ham boshqarma faoliyatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bu maqsadda “Yoshlar murojaatlari monitoringi” axborot tizimi joriy etildi. U orqali har bir murojaat kunlik nazorat qilinadi.

Shuningdek, “Ochiq eshiklar kuni”, sayyor qabullar va “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari muntazam o‘tkazilib, 2025-yil davomida 2 mingdan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi. Ulardan 80 foizi joyida ijobiy hal etildi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida korrupsiyaviy omillarning oldini olish maqsadida ichki nazorat komissiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Har bir xodimning fuqarolar bilan ishlash etikasi, halollik majburiyati va manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish bo‘yicha javobgarligi mustahkamlandi.

Boshqarma huzurida “Ishonch telefoni” va maxsus Telegram bot orqali korrupsiya bilan bog‘liq murojaatlarni anonim ravishda qabul qilish tizimi ham samarali yo‘lga qo‘yilgan.

Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan izchil ishlar natijasida yoshlar o‘rtasida halollik madaniyati, fuqarolik mas’uliyati va korrupsiyaga nisbatan murosasizlik hissi tobora kuchaymoqda. Mahallalardagi yoshlar yetakchilari, tizim xodimlari va fuqarolik jamiyati vakillari o‘rtasidagi hamkorlikning mustahkamlanishi bu yo‘nalishda barqaror natijalarga erishishga zamin yaratmoqda.

Akmaljon Tangirqulov,

Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i.

мамлакат ривожига таҳдид!

Газетамиз таҳририяти томонидан Олий Мажлис ҳузуридаги Фуқаролик жамияти институтларини қўллаб-қувватлаш жамоат фонди томонидан молиялаштирилган “Коррупциясиз жамият – тараққиёт кафолати” номли лойиҳаси доирасида белгиланган “Коррупциясиз жамият – тараққиёт кафолати” саҳифаси чоп этилган ва “Коррупциясиз жамият – тараққиёт кафолати” мавзусидаги буклетлар таълим муассасаларига етказиб берилмоқда.

Қуйида етказиб берилган газетамизни жойларда қандай фойдаланмоқда ва газетхонларни чоп этилган мақолалар фикри битилган хабарномалар келиб тушмоқда.

- Мен Андижон туманидаги 1-сон полутехникумида ҳуқуқшунослик фанидан дарс бераман. Коррупциясиз жамият - тараққиёт кафолати” саҳифасидаги мақолаларни диққат билан ўқидим. Унда ёшларни коррупция аталмиш жирканч иллат ҳақидаги фикрлари таҳсинга саозовор.

Лойиҳа доирасида ёшларни фаол иштирок этаётгани мени қувонтирди. Уларни коррупцияга қарши курашишда қайси жиҳатларга эътибор бериш кераклиги борасидаги ўз икрларини билдириши қувонарлидир.

Дарҳақиқат, тараққиётга ғов бўладиган иллатлардан бири – коррупция. Бугунги кунда кўпчилик коррупция деганда фақатгина иш битириш учун пул олди-бердини назарда тутади. Бунинг сабаби шуки, коррупциянинг бу кўриниши жамиятнинг қуйи қатламида кенг тарқалган. Аслида коррупция маиший (фуқаролар билан мансабдор шахслар ва давлат хизматчиларининг кундалик иш фаолиятидаги манфаатлар тўқнашуви), ишбилармонлик (тадбиркорлик субъ­ект­лари билан ҳокимият вакилларининг муносабатларида учрайдиган) ва юқори ҳокимият органлари коррупцияси (сиёсий ҳукмрон доиралар ҳамда одил судлов тизими фаолиятида кўзга ташланадиган) каби бир қанча турларга бўлинади.

Ён-атрофимизга бир қарайлик. Таълим, тиббиёт ва банк сектори соҳаларида порахўрлик иллати кенг учрайди. Бунинг сабаби нима? Таълим ва тиббиётда бу иллатнинг авж олиши сабабларидан бири ва асосийси ишсизлик, иш ўринларининг етарли эмаслиги, аҳолининг кичик бўлса-да, муқим маош ва тайинли иш ўрнига эга бўлиш истагидир. Боғбонлик бўладими, фаррошликми ё ўт ёқувчилик, нима бўлса ҳам тайинли ишга кириш истаги кишиларни йиллаб йиққан-терганларини қўшқўллаб бировга топширишга ундайди. Айниқса, ўрта махсус маълумотли кишилар орасида қандай йўл билан бўлса-да, ишга жойлашиш истаги кучли ва бу юқоридаги соҳаларда коррупцияни ривожлантирмоқда. Тиббиётда эса инсон саломатлиги омили борки, у оловни янада алангалатади.

Қолаверса, ҳуқуқий саводхонлигимиз билан ҳам мақтана олмаймиз.

Негаки, қонунан ўзимизники бўлган нарсани ҳуқуқларимизни билмаслигимиз сабабли пул ёки таниш-билишчилик эвазига қўлга киритишга ҳаракат қиламиз. 

Мухтасар айтганда, коррупция — тараққиёт кушандаси, хавфсизликка таҳдид туғдирувчи хавфли жиноят. Бу иллатга қарши курашиш тегишли органларнинггина эмас, барчанинг иши бўлиши зарур. Шундагина биз ушбу хавфни бартараф этган бўламиз.

Қудратбек Қодиров,

Андижон туманидаги 1-сон политехникуми ҳуқуқшунослик фани ўқитувчиси.

PORA EVAZIGA OG‘DIRISH HAMDA JAMIYAT TARAQQIYOTI VA RIVOJIGA QO‘YILGAN TO‘SIQ

Korrupsiya albatta bugun paydo bo‘lgan illat emas, u qadimdan buyon mavjud bo‘lib kelmoqda. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel aytganiday: “Har qanday davlat tizimida-qonunlar va boshqa farmoyishlar orqali ishni shunday tashkil qilish kerak-ki unda mansabdor shaxslarning noqonuniy yo‘l bilan boyishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim”.

Korrupsiya hozirgi kunda jahon mamlakatlarida qonun ustuvorligini ta’minlashga, demokratiya, inson huquqlari, hokimiyatga ishonch, davlat boshqaruvi,  tenglik va ijtimoiy adolat  prinsiplariga, iqtisodiyotda sog‘lom raqobatga jiddiy xavf solmoqda va iqtisodiy o‘sishga to‘sqinlik qilmoqda, demokratik va fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojini to‘xtatishga harakat qilmoqda.

Korrupsiya atamasiga O‘zbekiston Yuridik ensiklopediyasida shunday ta’rif berilgan: “korrupsiya – (lot. corruption – aynish, poraga sotilish) – siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy xavfli hodisa, davlat funksiyalarini bajarish vakolatiga ega bo‘lgan (yoki ularga tenglashtirilgan) shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar, imtiyozlarni olishda o‘z maqomi va u bilan bog‘liq imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek shu boylik va imtiyozlarni jismoniy va yuridik shaxslar qonunga xilof ravishda egallashiga imkon berishi”.

Hozirgi kunda korrupsiya muammosiga jahoning istalgan  mamlakatida duch kelish mumkin. Biroq bu hamma joyda ham korrupsiya bir xil degani emas. Korrupsiyaning yuzaga kelish sabablari hamma joyda turlicha bo‘lib, tarixiy davr va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasida ham korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2003-yil 31-oktyabr kungi Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi 2008-yil 7-iyul kuni Qonuni qabul qilindi.

2017-yil 3-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining  “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadikorrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi qonunda aniq belgilab qo‘yildi.

Qonunga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; ochiqlik va shaffoflik; tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi; korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi; javobgarlikning muqarrarligi.

Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iboratligi belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Hozirda korrupsiya holatiga yo‘l qo‘ygan shaxslar reyestrini tuzish, ularni davlat xizmatiga qabul qilishni cheklash kabi qonunchilikdagi o‘zgarishlar kun tartibida turibdi, albatta bunday choralar davlatimizda korrupsiya holatlariga chek qo‘yish, qonun hujjatlari ustuvorligini ta’minlashda muhim ahamiyat  kasb etadi.

Maxpura Artiqova,

“Adolat mezoni” gazetasi maxsus muxbiri

xalqning davlatga va qonunlarga ishonchiga putur yetkazadigan illat 

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan, masalan, O‘zbekiston 2008-yil 7-iyulda BMTning Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasiga, 2010-yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga qo‘shilgan. Shuningdek, Oliy Majlis tomonidan Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi to‘g‘risidagi bitimi 2011-yil 13-dekabrda ratifikatsiya qilingan. O‘zbekistonda 2017-yilning 4-yanvaridan "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonun kuchga kirdi. Qonunga ko‘ra, respublikada Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradi.

Shuningdek, bu illatni yo‘q qilish maqsadida qonunchilikda ham bir qator jazolar belgilangan. Chunonchi: pora olganlik uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Ushbu jinoyat og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etilganda 10-yildan 15-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Pora berish jinoyati uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarimadan 5-yildan 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo tayinlanadi.

Pora olish-berishda vositachilik qilganlik uchun esa eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarimadan 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo belgilangan. Vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir etganidan keyin bu haqda o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.

Taklif o‘rnida shuni aytish mumkinki, korrupsiyaga qarshi kurash borasida Niderlandiya tajribasini qo‘llab, mamlakatda OAVga poraxo‘rlik holati bilan bog‘liq voqealarni keng yoritishga va surishtiruvlar o‘tkazish borasida qo‘shimcha vakolatlar berilishi ijobiy natijalarga sabab bo‘ladi.

Dilbar Abdumjidova,

“Adolat mezoni” gazetasi muxbiri

Scroll to Top