{"id":774,"date":"2026-06-19T12:45:33","date_gmt":"2026-06-19T07:45:33","guid":{"rendered":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/?p=774"},"modified":"2026-06-19T12:45:33","modified_gmt":"2026-06-19T07:45:33","slug":"nnt-yoshlari-moliyaviy-barqarorlik-sirlarini-organmoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/?p=774","title":{"rendered":"NNT yoshlari moliyaviy barqarorlik sirlarini o\u2018rganmoqda"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">30-iyun \u2014 Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakatimizda o\u2018tkazilayotgan \u201cYoshlar oyligi\u201d doirasida Toshkent viloyatining Bo\u2018stonliq tumanida joylashgan so\u2018lim \u201cOlmos\u201d dam olish maskanida nodavlat notijorat tashkilotlari yosh vakillari uchun yozgi o\u2018quv-seminar bo\u2018lib o\u2018tmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">18\u201320 iyun kunlari davom etayotgan \u201cNNT yoshlari yozgi oromgohi: moliyaviy barqarorlik va fandrayzing\u201d mavzusidagi seminar respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 30 nafar nodavlat notijorat tashkilotlari yosh vakillarini bir maydonga jamladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Tadbir O\u2018zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo\u2018llab-quvvatlash jamoat fondi hamda O\u2018zbekiston NNTlarini qo\u2018llab-quvvatlash jamoat fondi hamkorligida tashkil etildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Seminarning asosiy maqsadi NNTlarda faoliyat yuritayotgan yoshlarning loyiha boshqaruvi, grant mablag\u2018larini jalb etish, fandrayzing, moliyaviy barqarorlikni ta\u2019minlash hamda ijtimoiy buyurtmalar bilan ishlash bo\u2018yicha bilim va ko\u2018nikmalarini oshirishdan iborat.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018quv-seminarning ilk kunida tashkilotchilar tomonidan fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda yoshlarning o\u2018rni, ularning tashabbuslarini qo\u2018llab-quvvatlash, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda grant va boshqa moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan ma\u2019ruzalar qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mashg\u2018ulotlar davomida ishtirokchilar grant tanlovlarida ishtirok etish imkoniyatlari, loyiha tashabbuslarini moliyalashtirish mexanizmlari, maqsadli loyihalarni shakllantirish, ijtimoiy buyurtmalar bilan ishlash, grant arizalarini tayyorlash hamda SMART usuli asosida maqsad va vazifalarni belgilash bo\u2018yicha amaliy bilimlarga ega bo\u2018ldilar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shuningdek, fandrayzing, shaffoflik va barqaror moliyalashtirishni rivojlantirish mavzularida amaliy mashg\u2018ulotlar tashkil etildi. Real keyslar va simulyatsiyalar asosida olib borilgan treninglar ishtirokchilarga mablag\u2018 jalb qilishning samarali usullarini o\u2018rganish imkonini berdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bundan tashqari, ishtirokchilar uchun ngo.gov.uz platformasida ishlash, elektron raqamli imzo orqali hujjatlarni yuklash hamda texnik xatolarning oldini olish bo\u2018yicha amaliy mashg\u2018ulotlar ham tashkil etildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Seminar ishtirokchilaridan biri, \u201cDialog\u201d nodavlat notijorat tashkilotining Jizzax viloyat hududiy bo\u2018lim rahbari Dilrabo Narzullayeva tadbir haqidagi taassurotlari bilan o\u2018rtoqlashdi:<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 Mazkur seminar men uchun juda foydali bo\u2018ldi. Ayniqsa, grant mablag\u2018larini jalb etish, fandrayzing va loyihalarni samarali boshqarish bo\u2018yicha berilgan amaliy tavsiyalar faoliyatimizni yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Trenerlar tomonidan real misollar asosida o\u2018tkazilgan mashg\u2018ulotlar yangi bilim va tajribalarni egallashimizga xizmat qildi. Eng muhimi, respublikaning turli hududlaridan kelgan faol yoshlar bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo\u2018ldik. Bunday tashabbuslar yoshlarning salohiyatini oshirish va fuqarolik jamiyati rivojiga munosib hissa qo\u2018shishida muhim o\u2018rin tutadi deydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kun yakunida seminar ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha g\u2018oyalari va grant arizalari mutaxassislar ishtirokida tahlil qilinib, ularni yanada takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mazkur yozgi o\u2018quv-seminar NNT yoshlarining kasbiy salohiyatini oshirish, ularning moliyaviy barqarorlik va fandrayzing sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, shuningdek, fuqarolik jamiyati rivojiga xizmat qiladigan yangi ijtimoiy tashabbuslarni yuzaga chiqarishda muhim maydon vazifasini o\u2018tamoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Muhammadrasul Mamatqulov,<\/strong><br><strong>O\u2018z muxbirimiz.<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>30-iyun \u2014 Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakatimizda o\u2018tkazilayotgan \u201cYoshlar oyligi\u201d doirasida Toshkent viloyatining Bo\u2018stonliq tumanida joylashgan so\u2018lim \u201cOlmos\u201d dam olish maskanida nodavlat notijorat tashkilotlari yosh vakillari uchun yozgi o\u2018quv-seminar bo\u2018lib o\u2018tmoqda. 18\u201320 iyun kunlari davom etayotgan \u201cNNT yoshlari yozgi oromgohi: moliyaviy barqarorlik va fandrayzing\u201d mavzusidagi seminar respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 30 nafar nodavlat notijorat [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"pagelayer_contact_templates":[],"_pagelayer_content":"","footnotes":""},"categories":[24],"tags":[],"class_list":["post-774","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-nashr-etilganlar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/774","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=774"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/774\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":775,"href":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/774\/revisions\/775"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=774"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=774"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=774"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}