{"id":667,"date":"2026-05-16T10:26:15","date_gmt":"2026-05-16T05:26:15","guid":{"rendered":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/?p=667"},"modified":"2026-05-16T10:26:15","modified_gmt":"2026-05-16T05:26:15","slug":"ignalar-bilan-dardlashgan-ayol","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/?p=667","title":{"rendered":"Ignalar bilan dardlashgan ayol"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Azaldan o\u2018zbek ayoli nozik xilqat sifatida ta\u2019riflanadi. Ammo hayot sinovlari shuni ko\u2018rsatadiki, ular aslida matonatli, sabr-bardoshli va mehribon insonlardir. Yillar sinovidan mardona o\u2018tib kelayotgan, bu yil 70 bahorni qarshi olgan qo\u2018rg\u2018ontepalik Jamilaxon aya ham ana shunday ayollardan biridir. Uning halol mehnati, oqko\u2018ngilligi va savobli ishlari mahalladoshlari hurmatiga sazovor bo\u2018lib kelmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Uzoqova Jamilaxon aya Qo\u2018rg\u2018ontepaning ko\u2018plab ayol-qizlari uchun to\u2018yga atalgan ko\u2018rpacha va to\u2018shaklarni qovib, tayyorlab beradi. U yaratgan har bir buyumda mehr, did va sabr mujassam. Ayniqsa, kelin bo\u2018layotgan qizlarning uyiga fayz kirishida uning hissasi katta.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Jamilaxon aya mehnat faoliyatini o\u2018zi yashab turgan mahalladagi maktabgacha ta\u2019lim muassasasida yordamchi tarbiyachi sifatida boshlagan. Shu bilan birga, oilada besh nafar farzandni voyaga yetkazishdek sharafli vazifani turmush o\u2018rtog\u2018i Mahammadjon ota bilan birga ado etdi. Uch qiz va ikki o\u2018g\u2018il farzandni tarbiyalab, ularni uyli-joyli qildi. Bugungi kunda qizlari ham onasining hunarini davom ettirib, birgalikda to\u2018y ko\u2018rpachalari tayyorlashmoqda. Bu esa milliy qadriyatlarimizning avloddan avlodga o\u2018tib borayotganining yorqin namunasidir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Jamilaxon aya suhbat davomida shunday deydi:<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">\u2014 Men igna-iplar bilan dardlashaman, suhbatlashaman. Go\u2018yo ular ham menga nimadir deganday bo\u2018ladi. To\u2018shak qoviyotganimda ruhim orom oladi, o\u2018zimni yengil his qilaman.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu samimiy so\u2018zlarda bir umrlik mehnatning nafasi, qalbning iliqligi mujassam. Darhaqiqat, inson sevgan mashg\u2018uloti bilan shug\u2018ullansa, unda nafaqat mehnat, balki ruhiy taskin ham topadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Jamilaxon ayaning uyiga kirgan kishi avvalo rang-barang gullarga ko\u2018zi tushadi. Xonadonni bezab turgan gullarga aya har tong suv quyib, mehr bilan parvarish qiladi. U gullarga xuddi farzandidek g\u2018amxo\u2018rlik ko\u2018rsatadi. Balki shu sababli ham uning uyidan fayz va iliqlik arimaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mahammadjon ota uzoq yillar nonvoychilik bilan shug\u2018ullanib, el xizmatida bo\u2018ldi. Turmush o\u2018rtoqlar qariyb qirq yil ahil va totuv umr kechirishdi. Afsuski, Mahammadjon ota 63 yoshida vafot etdi. Mana olti yildirki, Jamilaxon aya umr yo\u2018ldoshisiz oila boshqarib kelmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shunda ayaning \u201cigna-iplar bilan dardlashaman\u201d degan so\u2018zlari yanada chuqur ma\u2019no kasb etadi. Chunki ba\u2019zan inson dardini odamlarga emas, o\u2018zi sevgan mashg\u2018ulotiga aytadi. Ignalar va iplar esa go\u2018yo uning sirdoshi, hamdardiga aylangandek.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugungi kunda ham Jamilaxon aya tinib-tinchimaydi. U nafaqat oila bekasi, balki mahalladagi yosh kelin-qizlarga hunar o\u2018rgatayotgan mehribon ustoz hamdir. Uning hayoti mehnatsevarlik, sabr va matonatning yorqin namunasi bo\u2018lib xizmat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Dilnoza Adizova<\/strong>,<br><strong>Buxoro davlat universiteti talabasi<\/strong>.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Azaldan o\u2018zbek ayoli nozik xilqat sifatida ta\u2019riflanadi. Ammo hayot sinovlari shuni ko\u2018rsatadiki, ular aslida matonatli, sabr-bardoshli va mehribon insonlardir. Yillar sinovidan mardona o\u2018tib kelayotgan, bu yil 70 bahorni qarshi olgan qo\u2018rg\u2018ontepalik Jamilaxon aya ham ana shunday ayollardan biridir. Uning halol mehnati, oqko\u2018ngilligi va savobli ishlari mahalladoshlari hurmatiga sazovor bo\u2018lib kelmoqda. Uzoqova Jamilaxon aya Qo\u2018rg\u2018ontepaning ko\u2018plab [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"pagelayer_contact_templates":[],"_pagelayer_content":"","footnotes":""},"categories":[24],"tags":[],"class_list":["post-667","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-nashr-etilganlar"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/667","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=667"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/667\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":669,"href":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/667\/revisions\/669"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=667"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=667"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=667"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}