{"id":915,"date":"2026-10-30T19:11:39","date_gmt":"2026-10-30T14:11:39","guid":{"rendered":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/?p=915"},"modified":"2026-10-30T19:11:39","modified_gmt":"2026-10-30T14:11:39","slug":"tabiiy-ofatlar-xavfini-kamaytirish-xavfsiz-kelajak-garovi","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/?p=915","title":{"rendered":"TABIIY OFATLAR XAVFINI KAMAYTIRISH \u2014 XAVFSIZ KELAJAK GAROVI"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Har yili 13-oktabr sanasi butun dunyoda Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana tabiiy ofatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini yumshatish, aholi xavfsizligini ta\u2019minlash hamda jamiyatda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan muhim tashabbuslarni amalga oshirishga undaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu munosabat bilan O\u2018zbekiston Ekologik partiyasi Andijon shahar Kengashi tomonidan yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Unda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday holatlarda to\u2018g\u2018ri harakat qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning bu boradagi bilim va tushunchalarini kengaytirish, ularni tabiat va atrof-muhitga mas\u2019uliyat bilan munosabatda bo\u2018lishga undashdan iborat bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Davra suhbati davomida zilzila, sel, suv toshqini, kuchli shamol va boshqa tabiiy ofatlarning yuzaga kelishi mumkin bo\u2018lgan oqibatlari, ularning xavfini kamaytirish yo\u2018llari haqida fikr almashildi. Favqulodda vaziyatlarda vahimaga berilmaslik, xavfsiz joyni tanlash, tegishli xizmatlar ko\u2018rsatmalariga amal qilish va to\u2018g\u2018ri qaror qabul qilish inson hayotini asrab qolishda muhim ahamiyatga ega ekani ta\u2019kidlandi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shuningdek, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish faqat favqulodda vaziyatlar sodir bo\u2018lgan paytda amalga oshiriladigan choralar bilan cheklanmasligi, balki kundalik hayotda ham ekologik xavfsizlik talablariga rioya etish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yashil hududlarni asrash va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo\u2018lishni talab qilishi qayd etildi. Zero, tabiatdagi muvozanatni saqlash, ekologik muammolarga befarq bo\u2018lmaslik va mavjud xavflarni oldindan anglash jamiyat xavfsizligini ta\u2019minlashning muhim omillaridan biridir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ayniqsa, yoshlarning tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar borasidagi bilimlarini oshirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Chunki ular olgan bilim va ko\u2018nikmalarini oilasi, tengdoshlari hamda mahalla muhitida targ\u2018ib etishi, atrofdagilarni ogohlikka chaqirishi mumkin. Bu esa jamiyatda xavfsizlik madaniyatini shakllantirish, fuqarolarning mas\u2019uliyatini kuchaytirish va favqulodda vaziyatlarning salbiy oqibatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Tadbir yakunida tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va yoshlarning bu boradagi faolligini oshirish muhimligi yana bir bor ta\u2019kidlandi. Zero, xavf-xatarga tayyor turish, uning oldini olish choralarini bilish va atrof-muhitni asrashga mas\u2019uliyat bilan yondashish \u2014 inson hayoti, salomatligi va kelajak avlod xavfsizligini ta\u2019minlashning muhim shartidir.<br><br><br><strong>Baxtiyor Sotvoldiyev,<br>O\u2018zbekiston Ekologik partiyasi Andijon shahar Kengashi raisi.<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Har yili 13-oktabr sanasi butun dunyoda Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana tabiiy ofatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini yumshatish, aholi xavfsizligini ta\u2019minlash hamda jamiyatda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan muhim tashabbuslarni amalga oshirishga undaydi. Shu munosabat bilan O\u2018zbekiston Ekologik partiyasi Andijon shahar Kengashi tomonidan yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"pagelayer_contact_templates":[],"_pagelayer_content":"","footnotes":""},"categories":[24],"tags":[],"class_list":["post-915","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-nashr-etilganlar"],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/915","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=915"}],"version-history":[{"count":1,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/915\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":916,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/915\/revisions\/916"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=915"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=915"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=915"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}