{"id":836,"date":"2026-07-30T15:34:36","date_gmt":"2026-07-30T10:34:36","guid":{"rendered":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/?p=836"},"modified":"2026-07-30T15:34:36","modified_gmt":"2026-07-30T10:34:36","slug":"fuqarolar-murojaati-etiborda-ulug%ca%bbnorda-maishiy-chiqindilar-muammosi-organildi","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/?p=836","title":{"rendered":"Fuqarolar murojaati e&#8217;tiborda: Ulug\u02bbnorda maishiy chiqindilar muammosi o\u2018rganildi"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Fuqarolarning ekologik muammolar bilan bog\u2018liq murojaatlarini o\u2018z vaqtida ko\u2018rib chiqish va ularning yechimini topish ekologik xavfsizlikni ta\u2019minlash, hududlarning sanitariya holatini yaxshilash hamda aholining yashash sharoitini yanada qulaylashtirishda muhim omillardan biridir. Shu bois O\u2018zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan joylarda jamoatchilik nazorati va murojaatlar bilan ishlash tizimiga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ana shunday murojaatlardan biri O\u2018zbekiston Ekologik partiyasi Ulug\u02bbnor tuman Kengashi hamda xalq deputatlari Ulug\u02bbnor tuman Kengashi deputati B. Avliyaqulovga Terakzor mahalla fuqarolar yig\u2018ini hududida istiqomat qiluvchi fuqaro S. Dehqonov tomonidan yo\u2018llandi. Murojaatda mahallada maishiy chiqindilar o\u2018z vaqtida olib chiqilmayotgani, buning natijasida chiqindilar to\u2018planib qolib, hududning sanitariya-ekologik holatiga salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatayotgani bayon etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Murojaat asosida mas\u2019ullar ishtirokida hududga chiqilib, ekoreyd tashkil etildi. O\u2018rganish davomida aholi tomonidan chiqarilgan maishiy chiqindilar belgilangan joylarda to\u2018planib qolganligi, hududga biriktirilgan chiqindi tashish maxsus texnikasi esa xizmatni belgilangan muddatlarda amalga oshirmayotgani aniqlandi. Bu holat nafaqat hududning obodonchilik darajasiga, balki aholining sanitariya va ekologik xavfsizligiga ham salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatishi qayd etildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shundan so\u2018ng muammoni joyida bartaraf etish maqsadida chiqindilarni olib chiqish xizmatini ko\u2018rsatuvchi tuman <strong>Feorenzo MChJ<\/strong> vakillari ishtirokida qo\u2018shimcha o\u2018rganish ishlari olib borildi. Muhokamalar davomida xizmat ko\u2018rsatishdagi kamchiliklarning sabablari tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mas\u2019ullarga maishiy chiqindilarni belgilangan grafik asosida o\u2018z vaqtida olib chiqishni ta\u2019minlash, maxsus texnikalar faoliyatini samarali yo\u2018lga qo\u2018yish, xizmat sifatini oshirish hamda kelgusida bunday holatlarning takrorlanishiga yo\u2018l qo\u2018ymaslik bo\u2018yicha tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, mahalla aholisi bilan chiqindilarni belgilangan joylarga chiqarish, hududlarni ozoda saqlash va ekologik madaniyatni yuksaltirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugungi kunda maishiy chiqindilarni to\u2018g\u2018ri boshqarish, ularni o\u2018z vaqtida olib chiqish va hududlarning sanitariya holatini saqlash ekologik barqarorlikni ta\u2019minlashning muhim shartlaridan biridir. Bu borada davlat organlari, xizmat ko\u2018rsatuvchi tashkilotlar va fuqarolarning o\u2018zaro hamkorligi alohida ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan fuqarolardan kelib tushayotgan ekologik mazmundagi murojaatlar doimiy nazoratga olinib, ularni joyida o\u2018rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. Bu kabi jamoatchilik nazorati tadbirlari hududlarda ekologik muammolarni tezkor aniqlash, mas\u2019ul tashkilotlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va fuqarolarning sog\u2018lom hamda qulay ekologik muhitda yashashini ta\u2019minlashga xizmat qilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Ismoiljon Hayitboyev,<br>O\u2018zbekiston Ekologik partiyasi Ulug\u02bbnor tuman Kengashi raisi.<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Fuqarolarning ekologik muammolar bilan bog\u2018liq murojaatlarini o\u2018z vaqtida ko\u2018rib chiqish va ularning yechimini topish ekologik xavfsizlikni ta\u2019minlash, hududlarning sanitariya holatini yaxshilash hamda aholining yashash sharoitini yanada qulaylashtirishda muhim omillardan biridir. Shu bois O\u2018zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan joylarda jamoatchilik nazorati va murojaatlar bilan ishlash tizimiga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda. Ana shunday murojaatlardan biri O\u2018zbekiston Ekologik partiyasi Ulug\u02bbnor [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"pagelayer_contact_templates":[],"_pagelayer_content":"","footnotes":""},"categories":[24],"tags":[],"class_list":["post-836","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-nashr-etilganlar"],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/836","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=836"}],"version-history":[{"count":1,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/836\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":837,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/836\/revisions\/837"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=836"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=836"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=836"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}