{"id":826,"date":"2026-07-28T18:08:45","date_gmt":"2026-07-28T13:08:45","guid":{"rendered":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/?p=826"},"modified":"2026-07-28T18:08:45","modified_gmt":"2026-07-28T13:08:45","slug":"yoshlar-ekologik-madaniyat-targibotining-faol-ishtirokchisiga-aylanmoqda","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/?p=826","title":{"rendered":"YOSHLAR EKOLOGIK MADANIYAT TARG\u2018IBOTINING FAOL ISHTIROKCHISIGA AYLANMOQDA"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Atrof-muhitni asrash, ekologik muammolarning oldini olish hamda aholining, ayniqsa, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Shu maqsadda O\u02bbzbekiston Ekologik partiyasi tomonidan joylarda turli ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy tadbirlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar muntazam tashkil etilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ana shunday tadbirlardan biri O\u02bbzbekiston Ekologik partiyasi Marhamat tumani Kengashi raisi X. Zulfiyev tashabbusi bilan Marhamat tumanidagi 2-son texnikumda 11-iyul \u2014 Xalqaro aholi kuni munosabati bilan o\u2018tkazildi. Davra suhbatida texnikumning faol va tashabbuskor yoshlari, yosh ekologlar hamda pedagoglar ishtirok etdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Tadbir avvalida Xalqaro aholi kunining mazmun-mohiyati, uning jamiyat taraqqiyotidagi o\u2018rni hamda aholi salomatligini ta\u2019minlashda ekologik barqarorlikning ahamiyati haqida so\u2018z yuritildi. Ta\u2019kidlanganidek, inson salomatligi va farovon hayoti toza havo, musaffo suv, unumdor yer hamda sog\u2018lom ekologik muhit bilan chambarchas bog\u2018liq. Shu bois ekologik muammolarga befarq bo\u2018lmaslik, tabiatni asrash va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish har bir fuqaroning burchidir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Davra suhbati davomida ishtirokchilarga O\u02bbzbekiston Ekologik partiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ekologik islohotlar, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tashabbuslar hamda <strong>\u201cEkosana\u201d<\/strong> loyihasining mazmun-mohiyati haqida batafsil ma\u2019lumot berildi. Loyiha doirasida ekologik ta\u2019lim va tarbiyani kuchaytirish, yoshlarni tabiatni asrashga keng jalb etish, chiqindilarni to\u2018g\u2018ri boshqarish, hududlarni ko\u2018kalamzorlashtirish va ekologik muammolarning oldini olish bo\u2018yicha olib borilayotgan ishlar alohida e\u2019tirof etildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shuningdek, yoshlar bilan ekologik madaniyatni shakllantirish, plastik chiqindilarni kamaytirish, daraxt va butalarni asrab-avaylash, suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish hamda yashil hududlarni kengaytirish borasida ochiq muloqot tashkil etildi. Ishtirokchilar ekologik muammolarni bartaraf etishda yoshlarning faolligi, tashabbuskorligi va jamoatchilik nazoratidagi o\u2018rni haqida o\u2018z fikr-mulohazalarini bildirdilar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Tadbir savol-javoblar ruhida davom etib, yoshlar tomonidan ekologiya, iqlim o\u2018zgarishi, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik qonunchilik va \u201cEkosana\u201d loyihasi yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Faol ishtirok etgan yoshlarning taklif va tashabbuslari qo\u2018llab-quvvatlanib, ularni kelgusida ekologik loyihalar va jamoatchilik tadbirlarida faol qatnashishga chaqirildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bunday ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy tadbirlar yosh avlod qalbida tabiatga mehr, ekologik mas\u2019uliyat va fuqarolik burchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Zero, ekologik madaniyati yuksak, tabiatga e\u2019tiborli yoshlar \u2013 yurtimizning barqaror taraqqiyoti va ekologik xavfsizligini ta\u2019minlashning eng muhim omillaridan biridir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Muhammadrasul Mamatqulov,<br>O\u02bbzbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyat Kengashi matbuot kotibi<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Atrof-muhitni asrash, ekologik muammolarning oldini olish hamda aholining, ayniqsa, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Shu maqsadda O\u02bbzbekiston Ekologik partiyasi tomonidan joylarda turli ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy tadbirlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar muntazam tashkil etilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri O\u02bbzbekiston Ekologik partiyasi Marhamat tumani Kengashi raisi X. Zulfiyev tashabbusi bilan Marhamat tumanidagi 2-son texnikumda [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"pagelayer_contact_templates":[],"_pagelayer_content":"","footnotes":""},"categories":[24],"tags":[],"class_list":["post-826","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-nashr-etilganlar"],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/826","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=826"}],"version-history":[{"count":1,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/826\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":827,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/826\/revisions\/827"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=826"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=826"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=826"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}