{"id":824,"date":"2026-07-25T15:42:40","date_gmt":"2026-07-25T10:42:40","guid":{"rendered":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/?p=824"},"modified":"2026-07-25T15:42:40","modified_gmt":"2026-07-25T10:42:40","slug":"erishilgan-natijalar-va-ustuvor-vazifalar-muhokama-markazida","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/?p=824","title":{"rendered":"Erishilgan natijalar va ustuvor vazifalar muhokama markazida"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018zbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyat partiya tashkilotining joriy yilning olti oylik faoliyati yakunlariga bag\u2018ishlangan navbatdagi Kengash yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Unda Kengash a\u2019zolari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi deputatlar, partiya xodimlari hamda faollar ishtirok etib, hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, mavjud vazifalar va kelgusidagi ustuvor yo\u2018nalishlar yuzasidan batafsil muhokamalar olib borildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yig\u2018ilishda qayd etilganidek, O\u2018zbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyat Kengashi tomonidan aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik muammolarning oldini olish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida qator samarali ishlar amalga oshirildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xususan, hisobot davrida viloyat hududlarida jami 441 dan ortiq ekologik tadbirlar tashkil etilib, ularda qariyb 14 ming nafar fuqaro ishtirok etdi. Mazkur tadbirlar davomida hududlarni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, daraxt va yashil hududlarni asrab-avaylash, chiqindilar bilan bog\u2018liq muammolarni bartaraf etish hamda ekologik targ\u2018ibot ishlarini olib borishga alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shuningdek, partiyaning \u201cEkologiya va salomatlik\u201d ayollar klubi tomonidan ham samarali ishlar amalga oshirildi. Hisobot davrida klub tashabbusi bilan 103 ta tadbir o\u2018tkazilib, ularga 3 060 nafar ishtirokchi jalb qilindi. Ushbu tadbirlarda ekologik muammolar, sog\u2018lom turmush tarzini shakllantirish, oilalarda ekologik madaniyatni oshirish kabi masalalarga e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yoshlar bilan ishlash yo\u2018nalishida ham muhim natijalarga erishildi. Viloyat, shahar va tuman Kengashlari raislari hamda \u201cYosh ekologlar qanoti\u201d hamkorligida yoshlar ishtirokida 125 ta ekologik tadbir tashkil etilib, ularda 5 733 nafar yosh faol qatnashdi. Mazkur loyihalar yosh avlodning tabiatga bo\u2018lgan mas\u2019uliyatini oshirish, ekologik tashabbuslarini qo\u2018llab-quvvatlash va ularning bu boradagi faolligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yig\u2018ilish davomida amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda kelgusida bajarilishi lozim bo\u2018lgan ustuvor vazifalar ham belgilab olindi. Jumladan, ekologik targ\u2018ibot tadbirlarini yanada kengaytirish, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, yoshlar va xotin-qizlarning ekologik tashabbuslarini qo\u2018llab-quvvatlash hamda hududlarda ekologik barqarorlikni ta\u2019minlash bo\u2018yicha qator vazifalar belgilandi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Tadbir yakunida partiya faoliyatini rivojlantirishga munosib hissa qo\u2018shib kelayotgan Kengash a\u2019zolari, deputatlar hamda partiya xodimlari esdalik sovg\u2018alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018zbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyat Kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi tizimli ishlar hududlarda ekologik muhitni yaxshilash, fuqarolarning ekologik ongini oshirish va jamiyatda tabiatga mehr-muhabbat tuyg\u2018usini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Muhammadrasul Mamatqulov,<br>O\u2018zbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyat Kengashi matbuot kotibi<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyat partiya tashkilotining joriy yilning olti oylik faoliyati yakunlariga bag\u2018ishlangan navbatdagi Kengash yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi. Unda Kengash a\u2019zolari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi deputatlar, partiya xodimlari hamda faollar ishtirok etib, hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, mavjud vazifalar va kelgusidagi ustuvor yo\u2018nalishlar yuzasidan batafsil muhokamalar olib borildi. Yig\u2018ilishda qayd etilganidek, O\u2018zbekiston [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"pagelayer_contact_templates":[],"_pagelayer_content":"","footnotes":""},"categories":[24],"tags":[],"class_list":["post-824","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-nashr-etilganlar"],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/824","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=824"}],"version-history":[{"count":1,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/824\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":825,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/824\/revisions\/825"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=824"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=824"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=824"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}