{"id":818,"date":"2026-07-25T15:24:16","date_gmt":"2026-07-25T10:24:16","guid":{"rendered":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/?p=818"},"modified":"2026-07-25T15:24:16","modified_gmt":"2026-07-25T10:24:16","slug":"murojaat-asosida-somon-poyalarini-yoqish-holati-organildi","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/?p=818","title":{"rendered":"MUROJAAT ASOSIDA SOMON POYALARINI YOQISH HOLATI O\u2018RGANILDI"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishini ta\u2019minlash hamda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o\u2018z vaqtida ko\u2018rib chiqish O\u2018zbekiston Ekologik partiyasi faoliyatining ustuvor yo\u2018nalishlaridan biridir. Bu borada joylarda olib borilayotgan nazorat tadbirlari ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish va aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Navbatdagi o\u2018rganish O\u2018zbekiston Ekologik partiyasi Xo\u2018jaobod tuman Kengashi raisi X. Axmedov hamda tuman Ekologiya bo\u2018limi xodimlari tomonidan ishonch telefoniga kelib tushgan murojaat asosida amalga oshirildi. Murojaatda Xo\u2018jaobod tumani Karnaychi mahalla fuqarolar yig\u2018ini hududidagi fermer xo\u2018jaligiga tegishli maydonda somon poyalari yoqilayotgani haqida xabar berilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Murojaat yuzasidan mutaxassislar tomonidan hududga chiqilib, joyida o\u2018rganish ishlari olib borildi. Tekshiruv davomida g\u2018alla yig\u2018ib olingan dalada somon poyalari qoldiqlari yoqilgani aniqlandi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Mutaxassislarning ta\u2019kidlashicha, somon poyalarini yoqish tuproq unumdorligiga jiddiy zarar yetkazadi. Bunday holat natijasida tuproq tarkibidagi foydali mikroorganizmlar nobud bo\u2018ladi, ozuqa elementlari kamayadi hamda yerning tabiiy unumdorligi pasayadi. Bundan tashqari, yonish jarayonida atmosfera havosiga zararli moddalar ajralib chiqib, havo sifati yomonlashadi, aholi salomatligiga salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatadi va yong\u2018in xavfini ham oshiradi. Shu bois o\u2018simlik qoldiqlarini yoqish ekologik jihatdan zararli amaliyot hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Aniqlangan huquqbuzarlik yuzasidan yer egasi va mas\u2019ul shaxslarga nisbatan O\u2018zbekiston Respublikasi Ma\u2019muriy javobgarlik to\u2018g\u2018risidagi kodeksining 88-moddasi 3-qismiga muvofiq ma\u2019muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda atrof-muhitga yetkazilgan zarar miqdorini hisoblash, bunday holatlarning takrorlanishiga yo\u2018l qo\u2018ymaslik hamda ekologik talab va me\u2019yorlarga qat\u2019iy rioya etish yuzasidan tushuntirish va ogohlantirish ishlari olib borildi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">O\u2018zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar bundan buyon ham belgilangan tartibda o\u2018rganilib, har bir murojaat yuzasidan qonuniy choralar ko\u2018riladi. Atrof-muhitni asrash, yer resurslaridan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta\u2019minlash esa barchamizning umumiy burchimizdir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Muhammadrasul Mamatqulov,<br>O&#8217;EP Andijon viloyat Kengashi matbuot kotibi<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishini ta\u2019minlash hamda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o\u2018z vaqtida ko\u2018rib chiqish O\u2018zbekiston Ekologik partiyasi faoliyatining ustuvor yo\u2018nalishlaridan biridir. Bu borada joylarda olib borilayotgan nazorat tadbirlari ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish va aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Navbatdagi o\u2018rganish O\u2018zbekiston Ekologik partiyasi Xo\u2018jaobod tuman Kengashi raisi X. Axmedov hamda [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"pagelayer_contact_templates":[],"_pagelayer_content":"","footnotes":""},"categories":[24],"tags":[],"class_list":["post-818","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-nashr-etilganlar"],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/818","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=818"}],"version-history":[{"count":1,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/818\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":819,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/818\/revisions\/819"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=818"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=818"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=818"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}