{"id":690,"date":"2026-05-20T08:18:20","date_gmt":"2026-05-20T03:18:20","guid":{"rendered":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/?p=690"},"modified":"2026-05-20T08:18:20","modified_gmt":"2026-05-20T03:18:20","slug":"bola-tarbiyasida-kimning-roli-muhim-ustozlarnimi-yoki-ota-onanimi","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/?p=690","title":{"rendered":"Bola tarbiyasida kimning roli muhim: ustozlarnimi yoki ota-onanimi?"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu savol asrlar davomida ko\u2018plab bahs va munozaralarga sabab bo\u2018lib kelmoqda. Aslida esa bola tarbiyasida ham ota-onaning, ham ustozlarning o\u2018rni beqiyosdir. Chunki barkamol avlodni tarbiyalash birgina insonning emas, balki oila, maktab va jamiyatning umumiy vazifasidir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bola hayotdagi ilk tarbiyani oiladan oladi. Uning fe\u2019l-atvori, dunyoqarashi, odob-axloqi avvalo oiladagi muhit orqali shakllanadi. Ayniqsa, bolaning 6\u20137 yoshgacha bo\u2018lgan davri tarbiyada juda muhim hisoblanadi. Shu davr ichida yurish-turish, so\u2018zlashish madaniyati, kattalarga hurmat, kichiklarga mehr kabi insoniy fazilatlar bolaning ongiga singdiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Shu sababli oiladagi kattalar o\u2018z xatti-harakatlariga alohida e\u2019tibor berishlari lozim. Farzand ota-onaning har bir gapini, har bir odatini kuzatadi va ularga taqlid qiladi. Qiz bolalar ko\u2018pincha onasini, o\u2018g\u2018il bolalar esa otasini o\u2018ziga qahramon deb biladi. Ularning kiyinishidan tortib, muomalasigacha o\u2018rnak oladi. Demak, ota-ona farzand oldida nafaqat tarbiyachi, balki namuna ham bo\u2018lishi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Maktab esa bolaning ikkinchi tarbiya maskanidir. Bu yerda ustozlar nafaqat bilim beradi, balki o\u2018quvchilarning ma\u2019naviy kamolotida ham katta rol o\u2018ynaydi. Haqiqiy ustoz o\u2018zining odobi, madaniyati, bilimdonligi va adolati bilan bolalarga ibrat bo\u2018la oladi. O\u2018quvchi ko\u2018pincha ustozining gap-so\u2018zlari va hayotiy qarashlaridan ta\u2019sirlanadi. Shu bois ustozlar ham o\u2018z mas\u2019uliyatini chuqur his etishlari zarur.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Aslida bola tarbiyasida \u201ckim muhimroq?\u201d degan savoldan ko\u2018ra, \u201cqanday qilib hamkorlik qilish kerak?\u201d degan savol muhimroqdir. Chunki oila bergan tarbiyani maktab davom ettiradi, jamiyat esa uni mustahkamlaydi. Agar ota-ona, ustoz va mahalla bir maqsad yo\u2018lida hamjihat bo\u2018lsa, albatta, tarbiyali va komil inson voyaga yetadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xulosa qilib aytganda, bola tarbiyasida ota-onaning ham, ustozlarning ham o\u2018rni teng darajada muhimdir. Farzand tarbiyasi \u2014 bu butun jamiyatning kelajagi demakdir. Shunday ekan, har bir inson yosh avlod tarbiyasiga befarq bo\u2018lmasligi kerak.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Feruza Jalolova<\/strong>,<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong>Buxoro davlat unversiteti talabasi<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bu savol asrlar davomida ko\u2018plab bahs va munozaralarga sabab bo\u2018lib kelmoqda. Aslida esa bola tarbiyasida ham ota-onaning, ham ustozlarning o\u2018rni beqiyosdir. Chunki barkamol avlodni tarbiyalash birgina insonning emas, balki oila, maktab va jamiyatning umumiy vazifasidir. Bola hayotdagi ilk tarbiyani oiladan oladi. Uning fe\u2019l-atvori, dunyoqarashi, odob-axloqi avvalo oiladagi muhit orqali shakllanadi. Ayniqsa, bolaning 6\u20137 yoshgacha bo\u2018lgan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"pagelayer_contact_templates":[],"_pagelayer_content":"","footnotes":""},"categories":[24],"tags":[],"class_list":["post-690","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-nashr-etilganlar"],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/690","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=690"}],"version-history":[{"count":1,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/690\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":691,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/690\/revisions\/691"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=690"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=690"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=690"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}