{"id":590,"date":"2026-04-06T17:59:06","date_gmt":"2026-04-06T12:59:06","guid":{"rendered":"https:\/\/adolatmezoni.uz\/?p=590"},"modified":"2026-04-06T17:59:06","modified_gmt":"2026-04-06T12:59:06","slug":"kitob-qalbni-uygotuvchi-marifat-charogi","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/?p=590","title":{"rendered":"Kitob \u2014 qalbni uyg\u2018otuvchi ma\u2019rifat charog\u2018i"},"content":{"rendered":"\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Kitob insoniyat hayotidagi eng bebaho boyliklardan biridir. U faqatgina ma\u2019lumot manbai emas, balki inson qalbini uyg\u2018otuvchi, uni jaholat zulmatidan ma\u2019rifat nurlari sari yetaklovchi beqiyos kuchdir. Kitob mutolaasi inson tafakkurini charxlaydi, uning dunyoqarashini kengaytiradi va ma\u2019naviy kamolot sari yo\u2018l ochadi. Xalqimiz orasida avloddan-avlodga o\u2018tib kelayotgan \u201cBeshikdan to qabrgacha ilm izla\u201d degan hikmatli naql bejiz aytilmagan. Zero, ilm va kitob inson umrining ajralmas hamrohidir.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bugungi hikoyamiz qahramoni \u2014 77 yoshli Gulnora aya Tursunxo\u2018jayeva ana shunday kitobga oshno, ma\u2019rifatni hayot mazmuniga aylantirgan insonlardan biridir. U kishi Toshkent shahridagi Chorsu bozorining eski buyumlar bo\u2018limida qariyb 20 yildan buyon kitob sotib kelmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Gulnora buvi faoliyatini oddiy holatdan \u2014 uyidagi ortiqcha buyumlar, kiyim-kechaklarni sotishdan boshlagan. Ammo taqdir uni kitob bilan uchrashtirdi. U kishi \u201cfaoliyatimni bor-yo\u2018g\u2018i bitta kitob bilan boshlaganman\u201d, deya xotirlaydi. Vaqt o\u2018tishi bilan kitobga bo\u2018lgan mehr va mijozlarning talabi uning hayotida yangi sahifa ochdi. Shanba va yakshanba kunlari boshqa bozorlar va kitob do\u2018konlaridan asarlar topib kelishga to\u2018g\u2018ri kelgan. Shu tariqa kichik rasta asta-sekin kitobxonlar uchun ma\u2019naviy manzilga aylandi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Yigirma yil \u2014 bu shunchaki vaqt emas, balki inson taqdiriga aylangan yo\u2018ldir. Bu yillar davomida Gulnora buvi bozor ahli bilan bir oiladek bo\u2018lib ketdi. Kimdir uni opadek hurmat qiladi, kimdir sirdosh dugona deb biladi, yana kimlar uchundir u dono maslahatchi, ma\u2019naviy hamrohdur. Bu oddiy rasta atrofida insonlar nafaqat savdo, balki samimiyat, mehr va ma\u2019rifat almashadilar.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bu yerdagi kitoblar qimmat emas, ammo ularning ma\u2019naviy qiymati bebaho. Savdo ham doim bir xil bo\u2018lavermaydi: ba\u2019zan qo\u2018li-qo\u2018liga tegmaydigan darajada serharakat kunlar bo\u2018lsa, ba\u2019zida hatto birorta kitob ham sotilmaydigan damlar uchraydi. Ammo buvi uchun eng muhimi \u2014 kitob bilan yashash. Xaridor bo\u2018lmagan paytlarda u darhol mutolaaga sho\u2018ng\u2018iydi. Kitobni shunchaki o\u2018qimaydi, uni his qiladi, qahramonlar taqdiri bilan yashaydi, ularning dardini o\u2018z qalbidan o\u2018tkazadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ayniqsa, uning har bir o\u2018qigan asari yuzasidan yozgan xulosalari alohida e\u2019tiborga loyiq. Suhbat davomida mening diqqatimni tortgan daftar \u2014 uning o\u2018qigan kitoblari haqidagi fikr va taassurotlari jamlangan qo\u2018lyozma edi. Ma\u2019lum bo\u2018lishicha, bu shunday daftarlardan o\u2018n yettinchisi ekan. Bu esa insonning kitobga bo\u2018lgan muhabbati qanday yuksak darajaga yetishi mumkinligini yaqqol ko\u2018rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Gulnora buvi kitobni faqat sotmaydi \u2014 uni ulashadi. Ayrim hollarda u kitobni qattiq izlab kelgan, ko\u2018zlarida hayrat va quvonch aks etgan kitobxonlarga hadya qilib yuborishini ham yashirmaydi. Chunki u yaxshi biladi: kitob o\u2018z egasini topgandagina haqiqiy qadrga ega bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Bir kuni suhbat asnosida qiziq holat yuz berdi: bir juft er-xotin ikki paket kitob olib kelib, \u201cbularni soting, ammo pul kerak emas, faqat kitobni qadrlovchilar qo\u2018liga yetsin\u201d, deb qoldirib ketishdi. Bu voqea Gulnora buvining faoliyati nafaqat savdo, balki insonlar orasida yaxshilik va ma\u2019rifat ko\u2018prigini qurishga xizmat qilayotganini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Ko\u2018pchilik unga kitob do\u2018koni ochishni, sharoitli joyda ishlashni taklif qilgan. Ammo buvi zamonaviy do\u2018kondan ko\u2018ra bozorning samimiy muhitini, u yerdagi insonlar bilan bog\u2018langan rishtalarni afzal ko\u2018radi. Chunki u yerda u nafaqat kitob sotadi, balki inson qalblariga yo\u2018l topadi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Uning nutqi, so\u2018z tanlashi, har bir fikrni ma\u2019no bilan boyitib ayta olishi, kitoblardan iqtiboslar keltirishi insonni o\u2018ziga rom etadi. Har bir gapida shukr, har bir fikrida ma\u2019no mujassam.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Oila a\u2019zolari uning yoshi va mehnati tufayli bozorga chiqmasligini istashsa-da, buvi \u201cinson harakatda bo\u2018lsa, ruhi ham tirik bo\u2018ladi\u201d, deya o\u2018z yo\u2018lidan qaytmaydi. U uchun muloqot \u2014 hayot, kitob \u2014 nafas, insonlar esa ma\u2019no manbaidir.<br> \u201cQancha kitob o\u2018qigansiz?\u201d degan savolga u aniq raqam aytolmadi. Ammo o\u2018n yettidan ortiq daftar to\u2018la xulosalar shu savolga eng munosib javob bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\">Xulosa o\u2018rnida aytish mumkinki, jamiyatimizda Gulnora buvi kabi insonlar bor ekan, kitobga muhabbat so\u2018nmaydi. Ularning hikmatli so\u2018zlari, ma\u2019naviy merosi va hayot tarzi yosh avlod uchun beqiyos maktabdir. Chunki kitobni sevgan qalb \u2014 hech qachon zulmatda qolmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"wp-block-paragraph\"><strong><em>Muallif: Abdulhakim Ali Mirzamahmudov<br>Mirzo Ulug\u2018bek nomidagi O\u2018zbekiston milliy universiteti<br>Jurnalistika va o\u2018zbek filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi<\/em><\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kitob insoniyat hayotidagi eng bebaho boyliklardan biridir. U faqatgina ma\u2019lumot manbai emas, balki inson qalbini uyg\u2018otuvchi, uni jaholat zulmatidan ma\u2019rifat nurlari sari yetaklovchi beqiyos kuchdir. Kitob mutolaasi inson tafakkurini charxlaydi, uning dunyoqarashini kengaytiradi va ma\u2019naviy kamolot sari yo\u2018l ochadi. Xalqimiz orasida avloddan-avlodga o\u2018tib kelayotgan \u201cBeshikdan to qabrgacha ilm izla\u201d degan hikmatli naql bejiz aytilmagan. Zero, [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"pagelayer_contact_templates":[],"_pagelayer_content":"","footnotes":""},"categories":[24],"tags":[],"class_list":["post-590","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-nashr-etilganlar"],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/590","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=590"}],"version-history":[{"count":1,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/590\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":591,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/590\/revisions\/591"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=590"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=590"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/adolatmezoni.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=590"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}